Zarbdor — Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi shahar (1992-yildan), Zarbdor shahri tumanning janubida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Viloyat markazi — Jizzax shahridan 30 km sharqda. Aholisi 41 270 kishi (2021).Maydoni 15 km² Zarbdor shahrida hokimiyat binosi, un kombinati, paxta tozalash zavodi, avtokorxonalar, dehqon bozori, maishiy xizmat va savdo shoxobchalari, madaniyat saroyi, klublar, 10 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi, kasb-hunar litseyi, markaziy stadion, restoranlar, prokuratura, nuroniylar maskani, 2 ta bogʻ, 3 ta jom’e masjidi va hokazo bor. Zarbdor shahri 16 ta mahalladan tashkil topgan. Bular:Ravot,Taraqqiyot, Navoiy,Lalmikor,Beshkubi,Nurlikent,Yangihayot,Buloqboshi,Nurobod,Toza urugʻ,Bo'ston,Oybek,Tinchlik,Mustaqillik,Oqbuloq va Oqboʻyra. Shahar muhim avtotransport yoʻllari yoqasida joylashgan. Viloyat markazi va boshqa aholi punktlari bilan avtomobil yoʻli orqali bogʻlangan. Zarbdor shahri Jizzax viloyatidagi yirik 3 ta shahardan biri hisoblanadi.[1]

Zarbdor
shahar
40°04′29″N 68°10′06″E / 40.07472°N 68.16833°E / 40.07472; 68.16833
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Jizzax viloyati
tuman Zarbdor tumani
Asos solingan 1992-yil
Maydon [convert: invalid number]
Rasmiy til(lar)i oʻzbekcha
Aholisi
41 270
Vaqt mintaqasi UTC+5
Zarbdor xaritada
Zarbdor
Zarbdor

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Zarbdor, 2020-yil