Zarbiy tezlanish
Zarbiy tezlanish (kosmonavtikada) — kosmik parvozda kosmonavt katapultalanganda, avariya holatlarida, kabina kosmonavt bilan birga eltuvchi raketadan ajralganda va kosmik kema (KK) qurukdikka qoʻndirilganda vujudga keladigan tezlanish. Qisqa vaqt (1 s chamasi) davom etadi va tez (bir necha d/s dan ming d/s gacha) oʻsib boradi. Odamning shikastlanmay yerga tushishida 3. t.ning taʼsir yoʻnalishi, tezligining ortib borishi, oʻrindiqning shakli, bogʻlash sistemasi, gavda holati, kosmonavt organizmining tayyorgarligi muhim ahamiyatga ega. Agar 3. t. vektori umurtqa pogʻonasi yoʻnalishiga toʻgʻri kelsa (yoki shu yoʻnalishga yaqinlashsa), uni sindirishga intiladi. Mas, katapultlanishvaqtida (3. t. 200—500 d/s tezlikdan ortganda va 3. t. 0,1—0,2 s taʼsir kilganda) chidash chegarasi 20—22 d ni tashkil qiladi. Koʻndalang yoʻnalishdagi 3. t. uchun bu chegara ancha yuqori boʻladi. Ammo bunda parenximatoz organlar, ayniqsa, oʻpka jarohatlanishi mumkin. Avariya yuz berganda KK ni yerga qattiq qoʻndirishda 3. t.ning oʻsib borish tezligi 2000—3000 d/s ga yetishi mumkin. Agar bunda 3. t. 25— 30 d dan ortsa, miya shikastlanishi, hatto oʻlim yuz berishi mumkin. KK ni yerga qoʻndirish paytida paydo boʻladigan zarblarni kamaytirish maksadida parashyut sistemasidan tashqari maxsus qoʻndirish qurilmasi yoki tormozlovchi raketa qurilmalari qoʻllanadi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |