Zarchopon — qovunning oʻrtapishar navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida Shirali va mahalliy Choʻgari navlarini duragaylab yaratilgan (1986; R. Hakimov, A. S. Shchukina). Shakli choʻziq yoki tuxumsimon. Ogʻirligi 2,8— 3,4 kg . Sirti sal tilimtilim, tuyey och sariq, toʻrlari toʻqyashil. Poʻsti oʻrtacha, qattiq, eti pushtirang , shirin, asal hidi keladi. Tarkibida 15% quruq modda mavjud. Urugʻi oʻrtacha, sargʻish, urugʻidan unib chiqqanidan keyin birinchi hosili 77—93 kunda pishadi. 1990-yildan respublikaning barcha viloyatlarida rayonlashtirilgan. Hosildorligi 20—25 t/ga.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil