Zarih (forscha: ضَرِیح, urdu: ضَرِیح, hindcha: ज़रीह) yoki darīḥ (arabcha: ضَرِیح) odatda masjid yoki islom ziyoratgohlaridagi qabrni oʻrab turuvchi panjarali strukturadir[1]. Baʼzi hollarda, u koʻrgazmadagi diniy yodgorlikni himoyalab turish uchun ham qurilishi mumkin.

Hasan al-Askariy, Ali al-Hadiy va Narjis Xotun qabrlarini oʻrab turgan Al-Askariy ziyoratgohidagi zarih.
Taʼmirlashdan oldin Muhammad ibn Idris ash-Shofeʼiy qabri ustiga qurilgan katta yogʻoch zarih.

Zarih mohir ustalar tomonidan quriladi. U kumush kabi noyob metallardan yoki yogʻochdan tayyorlanishi mumkin. Zarihlarning hajmi kichik xonaning kattaligida boʻlishi mumkin[2].

Imom Husayn ziyoratgohida, Imom Ali haramida va Abdulqodir Gʻiloniy maqbarasida mashhur zarixlar qoʻllangan.

Injilda tilga olingan Doniyor qabri (Susa, Eron) deb daʼvo qilingan qabrni oʻrab turgan zarih.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. https://web.archive.org/web/20140820233212/http://www.adinebook.com/gp/product/9647015348
  2. https://web.archive.org/web/20140820233212/http://www.adinebook.com/gp/product/9647015348