Zarmiton oltin koni
ZARMITON (CHORMITON) OLTIN KONI — Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanida joylashgan. Nurota togʻining janubi-gʻarbiy chekkasida, Samarqand shahridan qariyb 100 km shimoli-gʻarbda joylashgan kon. 1952-yilda I. H. Hamroboyev tomonidan ochilgan. 1978-yil ishga tushirilgan. 1950-yillardan keyin konda olib borilgan geologik qidiruv va geofizik tadqiqotlar natijasida oltini bor bir qancha joylar aniqlandi. Kondagi asosiy ruda minerali — oltin va kumush; qoʻshimchalari: volfram, qoʻrgʻoshin, pyx, surma va geologik tuzilishida erta silur davri jazbuloq svitasiga taallukli vulkanogenterrigen jinslar ishtirok etgan. Ular izoklinal burmalar hosil qilgan va regional metamorfizm jarayoniga uchragan. Kondagi intruziv jinslar biotitamfibolli granosiyenitlardan iborat. Sanoat ahamiyatiga molik rudalar yertomir shaklida, ular 70—80° ostida shimol va shimoli-sharqqa enkaygan. Zarmitan konida oltin hosil boʻlishida tektonik, magmatik va litologik kabi omillar muhim rol oʻynagan[1].
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |