Zarra-antizarra jufti — zarralar bilan antizarralarning bir vaqtda birgalikda (juft holda) hosil boʻlishi. Bu jarayon energiya, impuls va b. kattaliklarning sakdanish qonunlariga boʻysunadi. Z.a. j. xreil boʻlishi yadro bilan toʻqnashuvchi zarra energiyasiga va jarayonda ishtirok etuvchi boshqa zarralarning xossalariga bogʻliq.

Elementar zarralarning yemirilishi, ularning oʻzaro yoki yadrolar bilan toʻqnashuvi natijasida turli Z.a. j. hosil boʻladi. Maye, proton (r) bilan proton (r) toʻqnashuvi natijasida proton (r) va antiproton (u/), foton (u) bilan proton O) toʻqnashuvi natijasida musbat myuon (s+) hosil boʻladi va hokazo. Yemirilish natijasida neytral kaon (A^mezonEdan musbat pion (musbat kmezon, d+) va manfiy pion (manfiy tsmezon, l"), neytral pion (7s°)dan elektron (v") va pozitron (ye+) hosil boʻladi va hokazo. Odatda, Z.a. j. hosil boʻlishi deganda fotondan elektron va pozitronning u> (yeg + ye+) vujudga kelishi tushuniladi. Biror zaryadli zarra (mas, atom yadrosi) maydonidagi foton elektronpozitron juftligini hosil qiladi. Z.a. j. hosil boʻlishi va annigilyasiya hodisalari materiyaning bir shakldan boshqa shaklga (modda shaklidan maydon shakliga) va aksincha oʻtishini isbotlashga dalil boʻladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil