Zaviša Milosavljević

serbiyalik futbolchi

Zaviša Milosavljević (talaffuz: Zavisha Milosavlyevich; 1961-yil 14-iyulda tugʻilgan) – serb futbol murabbiyi.

Zaviša Milosavljević
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 14-iyul 1961-yil (1961-07-14) (63 yosh)
Tavallud joyi Negotin, Yugoslaviya
Ampluasi Futbol murabbiyi
Boshqargan klublari
Yillar Jamoalar
1999—2001 Bor
2001—2002 en:APR FC
2003—2007 Serbia U16
2003—2007 Serbiya U19
2003—2007 Serbiya U23
2007—2009 Lesoto
2011—2013 Pakistan
2012 Pakistan U22[1]
2013 Pakistan U19
2014—2015 Dordoi Bishkek
2018 Timok
2019–2020 Oʻzbekiston U23

Murabbiylik faoliyati

tahrir

Milosavlevich Belgrad universitetida jismoniy tarbiya boʻyicha professor boʻlgan. U Serbiyaning 16 va 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoalarining sobiq murabbiyi. Shuningdek, u Serbiyaning beshta klubiga, jumladan, Mogren FK va Belgradning Dinamo klublariga murabbiylik qilgan.

1999-yildan 2001-yilgacha Milosavlevich Serbiya ikkinchi divizionida FK Bor jamoasini boshqargan, avval Ruandaning APR FC jamoasini bir yil boshqargan va 2002-yilda mamlakat kubogi va mamlakat Superkubogini qoʻlga kiritgan. Keyinroq Lesoto futbol assotsiatsiyasi tomonidan milliy terma jamoaga tayinlanishidan oldin Serbiyaning 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilari murabbiyi sifatida toʻrt yil ishladi.

Pokiston

tahrir

2011-yilning noyabr oyida Pokiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan[2]. U asosan infratuzilmani yaxshilash va chet ellik futbolchilarni jalb etishga eʼtibor qaratdi[3]. 2013-yilning avgustida Milosavlevich 12 oʻyindan atigi 3 tasida gʻalaba qozonganidan soʻng, Pokiston terma jamoasi bosh murabbiyligidan chetlashtirildi. 2014-yilning yanvarida Milosavlevich PPFning yoshlar akademiyasini tark etib,

Dordoy Bishkek

tahrir

Qirgʻizistonning „Dordoy Bishkek“ klubi yangi bosh murabbiyi boʻldi[4]. 2015-yilning 27-oktabr kuni Milosavlevich Bishkekning „Dordoy“ klubi bosh murabbiyligidan isteʼfoga chiqdi[5][6].

Keyingi yillar

tahrir

Zavisha keyinchalik Serbiyada qisqa muddat „Timok“ jamoasini boshqargan, 2019-yilda Ljubinko Drulović qoʻl ostida Oʻzbekiston U23 terma jamoasiga qoʻshilgan va 2020-yilgi Osiyo chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallagan[7].

Manbalar

tahrir