Zaydiylar
Zaydiylar — shialikda vujudga kelgan firqa tarafdorlari, 8-asr oʻrtalarida paydo boʻlgan. Arab xalifaligida ziddiyatlar keskinlashib, zodagonlar oʻrtasidagi kurash kuchaygan, umaviylar hokimiyati inqirozga uchragan davrda vujudga kelgan. Firqa shialarning 5-imomi Muhammad al-Bokirning ukasi Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan. Mu-hammad al-Bokirning sustligidan norozi boʻlgan shialarning ichidan Zayd oʻz tarafdorlarini toʻplab, umaviylar hokimiyatiga qarshi 739-yilda isyon koʻtardi. Zayd 740-yil xalifa Hishom (724—743) qoʻshinlari bilan boʻlgan jangda halok boʻldi. Uning tarafdorlari keyin ham oliy hokimiyatni Ali avlo-diga berishni talab qilib, xalifalar hokimiyatiga qarshi koʻp marta isyon koʻtardilar.
864-yilda 3. qoʻzgʻoloni Shim. Eronda gʻalaba qilib, mustaqil davlat vujudga keldi. Tabariston, Daylom, Gilon viloyatlarini oʻz ichiga olgan bu mus-taqil davlatdagi 3. imomlari 300-yilcha hukmronlik qilganlar. 901-yilda 3. Yamanda ham hokimiyatni qoʻlga kiritib, mustaqil davlat tuzdilar. Yamanda 3. hukmronligi 1972-yil 26 sent. inqilobigacha, yaʼni Yaman respublika deb eʼlon qilinguncha davom etdi.
3. Zaydni soʻnggi 5-imom x.isoblab, undan keyingi shia imomlarini tan olmaydilar. Ular oʻz aqidalari va marosimlari jihatidan shialar va sunniylar oʻrtasida turib, har ikkala oqimga nisbatan murosasozlik yoʻlini tutadilar. 3. yashiringan imom Mahdiyga ishonmasliklari, Alidan ilgarigi uch xalifa (Abu Bakr, Umar, Us-mon)ni laʼnatlamasliklari, taqiyya prinsipini va mutʼa (yoki siygʻa) nikohini inkor etishlari bilan shialardan, avliyolar va mozorlarga sigʻinishni hamda darvishlik va zohidlikni inkor etishlari bilan sunniylardan ajralib turadilar. Oʻz aqidalarida moʻʼtaziliylardan iroda erkinligi va Kurʼonni Alloh yaratganligini, xorijiylarlzm esa diniy eʼtiqodni amaliy faoliyat bilan mustahkamlash qoidasini qabul qilib olganlar. Hozirgi Yaman aholisining yarmidan koʻprogʻi 3. firqasiga mansub. 3. Saudiya Arabistonida, Pokiston va b. davlatlarda ham bor.[1]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |