Zaynab Xonlarova
Zaynab Yaxyo qizi Xonlarova — Ozarbayjon xonandasi. SSRI (1980), Ozarbayjon (1975) va Armaniston (1978) SSR xalq artisti. Ozarbayjon SSR Davlat mukofoti (1988) laurenti. Haydar Aliyev nomidagi davlat ordeni sohibasi[1]. Davlat va jamoat arbobi.
Zaynab Xonlarova | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi | 28-dekabr 1936 |
Janrlar |
Klassik musiqa xalq musiqasi opera |
Fuqaroligi |
Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi Ozarbayjon |
Ota-onasi | Yaxyo va Parijahon Xonlarovlar |
Hayot va ijod yoʻli
tahrir1936-yil 28-dekabrda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Yaxyo va Parijahon Xonlarovlar oilasida tavallud topgan. Oilada besh farzandning toʻrtinchisi boʻlgan Zaynabning qalbiga Bokuning koʻpchilik ishchilari kabi, neft konlarida ishlagan otasi tomonidan xalq musiqasi va sheʼriyatiga mehr-muhabbat singdirilgan. 1956-yilda M. A. Sobir nomidagi Boku Pedagogika maktabini va 1961-yilda A.Zeynalli nomidagi Boku Musiqa Texnikumini bitirgan. Oʻsha yildan Opera va Balet teatrining solisti vazifasida faoliyatini boshlaydi. U.Hojibeyovning "Layli va Majnun", "Asli va Karam" operalarida Layli va Asli, Shafig‘a Oxundovaning „Kelinlar qoyasi“ operasidagi „Sanam“, Muslim Magomayevning „Shoh Ismoil“ operasidagi „Arabzangi“ obrazlarini gavdalantirgan. U deyarli barcha repertuar spektakllarida bosh rollarni ijro etgan[2].
Zaynab xonimning repertuarida mugʻomlar, ozarbayjon xalq qoʻshiqlari, bastakorlik kuylari, sharq xalqlari ashulalari katta oʻrin tutadi. Zaynab Xonlarova Ozarbayjon ayol xonandalari orasida „Chorgoh“ mug‘omining ilk ijrochilaridan biridir.
1975-yilda A.Boqixonov nomidagi Ozarbayjon radio va televideniyesi xalq cholg‘u asboblari ansamblining solisti va badiiy rahbari bo‘ldi. „Chorgoh“ („Chahargoh“), „Mahur-Hindi“, „Gatar“, „Xarij segah“, „Humoyun“, „Bayoti-kurd“, „Shahnaz“, „Bayati Shirnaz“, „Tasnif“ mugʻomlarini professional darajada ijro etgan[3]. Alohida eʼtirof etish kerakki u hozirga qadar jonli ijroda qoʻshiq kuylaydi. Uning estrada repertuarida Tofiq Guliyev, Orif Melikov, Alekper Tagiyev, Emin Sobitog‘lu, Qora Qoraev, Fikret Amirov va boshqa taniqli bastakorlarning qo‘shiqlari bor. Unga atab yuzlab koʻrsatuvlar qatorida u haqda „Salom, Zeynab!“ hujjatli televideniye filmi suratga olingan va Toshkentda Tursuntosh Jabborovning "Dunyolarni kezar Zaynab sadosi" nomli kitobi chop etilgan. Oʻzining 60-yildan ortiq ijodi davomida Ozarbayjon, Turk, Oʻzbek tillaridan tashqari Arab, Hind, Arman, Yapon, Gruzin, Yunon va boshqa tillarda dunyoning 100dan ortiq mamlakatlarida xususan Rossiya, Ukraina, Latviya, Moldova, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Hindiston, Xitoy, Eron, Iroq, Misr, Isroil, Turkiya, Gruziya, Armaniston, Bolgariya, Germaniya, Polsha, Vengriya, Avstriya, Finlandiya, Shvetsiya, Chexiyada va Ozarbayjonning barcha shaharlarlaida konsert bergan[4].
Siyosiy faoliyati
tahrirSiyosiy faoliyatiga toʻxtaladigan boʻlsak 1985-yil 24-fevralda Zeynab Xanlarova XI chaqiriq 333-sonli Mirbashir saylov okrugi bo‘yicha Ozarbayjon SSR Oliy Kengashi deputati etib saylandi, ayni paytda Oliy Kengashning madaniyat masalalari bo‘yicha komissiyasi aʼzosi etib tayinlandi. 1990-yil 30-sentabrda Xonlarova 266-son Boku saylov okrugidan XII chaqiriq Ozarbayjon SSR Oliy Kengashiga deputat etib saylangan.
Xalq artisti 1995-yil 12-noyabrda 86-sonli Terter saylov okrugidan, 2000-yil 5-noyabrda — 62-sonli Qobustan-Xizi-Siyazan saylov okrugidan, 2005-yil 6-noyabrda Kobuston-Xizi-Kubadan Milliy Majlisga deputat etib saylangan. 50-sonli saylov okrugi, 2010-yil 7-noyabr va 2015-yil 1-noyabr — 50-sonli Kobustan-Xizi-Sumgayit saylov okrugidan. 1995-yildan boshlab xonanda Milliy Majlisning Madaniyat komissiyasi aʼzosi.
Filmografiya
tahrirZaynab Xonlarova Filmografiyada ham salmoqli ijod qilgan, xususan Obsheron ritmlari (1970), Gʻalati odam (1979), Nagʻmakor tuproq (1981), Uzeyir umri (1981), Salom Zaynab (1982), Shart (1984), Hoji Orif (1995), Aliyevning qoʻli (2000), Omad formulasi (2007) va boshqalar shular jumlasidandir[5].
Oilasi
tahrirOilali, ikki nafar Ramil va Ramal ismli oʻgʻli va oʻnga yaqin nabiralari bor.
Manbalar
tahrir- ↑ „Ханларова Зейнаб Яхья кызы“.
- ↑ „Ханларова Зейнаб Яхья кызы (1936)“. 2014-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-dekabr.
- ↑ Байрамова Алла. Женщины в музыкальной жизни Азербайджана. — Б., 2004. — С. 72—73
- ↑ Ханларова Зејнәб Јәһја гызы // Азәрбајҹан Совет Енсиклопедијасы / Ч. Б. Гулијев. — Бакы: Азәрбајҹан Совет Енсиклопедијасы, 1987. — Т. X ҹилд: Фрост — Шүштәр. — С. 51.
- ↑ „About Zeynab Khanlarova“. 2011-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
Havolalar
tahrir- https://itv.uz/detail/24585
- https://turkona.uz/zaynab-xonlarova-%e2%80%92-86-yoshda/ (Wayback Machine saytida 2023-04-06 sanasida arxivlangan)