Zeki Rıza Sporel
Zeki Riza Sporel (1898-yil 28-fevral — 1969-yil 3-noyabr)[1] — turk futbolchisi . U oʻz faoliyatini Fenerbahche va Turkiya milliy futbol jamoasida hujumchi sifatida oʻtkazgan. Faoliyati Fenerbahche yoshlar jamoalarida boshlanib, kattalar jamoasiga koʻtarilgunga qadar davom etgan. Zeki butun faoliyatini klubda oʻtkazgan va koʻplab rekordlarni qayd etgan. U Turkiya terma jamoasi safida gol urgan birinchi futbolchiga aylangan. U koʻpincha turk futboli tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri sifatida tilga olinadi. 1946-yilda Demokratlar partiyasiga aʼzo boʻlgach, siyosatda ham faol boʻlgan[2].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 28-fevral 1898-yil | ||
Tavallud joyi | Istanbul, Usmoniy Imperiyasi | ||
Vafot sanasi |
3-noyabr 1969-yil (71 yoshda) | ||
Vafot joyi | Turkiya | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1912—1915 | Fenerbahçe | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1915—1934 | Fenerbahçe | 352 | (470) |
Milliy terma jamoa | |||
1923—1934 | Turkiya | 16 | (15) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Zeki Riza Hasan Komil Sporelning ukasi edi, u ham Fenerbahche SK jamoasida oʻynagan va klub prezident boʻlib ishlagan[3].
Klubdagi faoliyati
tahrir1898-yilda Istanbulda tugʻilgan Zekining faoliyati Fenerbahche yoshlar tizimida boshlangan va u yerda uch yil oʻtkazgan. U 1915—1916-yilgi mavsumda oʻn sakkiz yoshida kattalar tarkibiga koʻtarilgan. Uning chap oyogʻi ajoyib oʻynardi, shu sababdan oʻng oyogʻi va boshini deyarli ishlatmagan. Zeki Fenerbahcheda koʻplab gol urish boʻyicha rekordlarni oʻrnatgan, shu jumladan bitta oʻyinda eng koʻp gol va eng tez gol rekordlari ham Zekiga tegishlidur. 1931-yil 13-fevralda Fenerbahche Üsküdar Anadolu ustidan 16-0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda Zeki rekord sakkizta gol muallifiga aylangan[4]. Uning samarali gol urish qobiliyati uni bilan Üstad (Usta) deb nomlanishiga olib kelgan. Uning butun faoliyati Fenerbahcheda oʻtgan va oʻn sakkiz yillik faoliyatdan soʻng 1934-yilda nafaqaga chiqgan. Zekining Galatasaraydagi natijasi 352 oʻyinda 470 gol boʻlib bu mutloq rekord hisoblanadi[5]. Agar terma jamoadagi va boshqa klublardagi gollari qoʻshib hisoblansa, gollarning umumiy soni 800 dan oshgan[6].
Xalqaro faoliyati
tahrirTurkiyaning birinchi milliy futbol jamoasi aʼzosi Zeki, mamlakatning ilk xalqaro oʻyinida Ruminiyaga qarshi maydonga tushgan va gol urgan. U ikkinchi boʻlimda ikkinchi gol bilan oʻyinni yakunlagan[7]. Oʻn oltita oʻyinda gʻalaba qozongan Zeki jamoani oʻn marta sardor sifatida maydonga olib tushgan va 15 ta gol urgan[8]. 1924-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari va 1928-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ham Turkiya terma jamoasi safida oʻynagan[9].
Faoliyat statistikasi
tahrirXalqaro maydondagi gollar
tahrir# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1. | 26.10.1923 | Taksim Stadium, Istanbul, Turkiya | Ruminiya | 2-2 | Durang | Oʻrtoqlik | |||||
2. | 26.10.1923 | Taksim Stadium, Istanbul, Turkiya | Ruminiya | 2-2 | Durang | Oʻrtoqlik | |||||
3. | 17.06.1924 | Töölön Pallokenttä, Helsinki, Finlandiya | Finlandiya | 2-4 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik | |||||
4. | 17.06.1924 | Töölön Pallokenttä, Helsinki, Finlandiya | Finlandiya | 2-4 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik | |||||
5. | 17.06.1924 | Töölön Pallokenttä, Helsinki, Finlandiya | Finlandiya | 2-4 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik | |||||
6. | 17.06.1924 | Töölön Pallokenttä, Helsinki,Finlandiya | Finlandiya | 2-4 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik | |||||
7. | 19.06.1924 | Reval Stadium (Kalevi aed), Tallinn, Estoniya | Estoniya | 1-4 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik | |||||
8. | 19.06.1924 | Reval Stadium (Kalevi aed), Tallinn, Estoniya | Estoniya | 1-4 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik | |||||
9. | 22.06.1924 | LSB Stadions, Riga, Latviya | Latviya | 1-3 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik | |||||
10. | 22.06.1924 | LSB Stadions, Riga, Latviya | Latviya | 1-3 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik | |||||
11. | 22.06.1924 | LSB Stadions, Riga, Latviya | Latviya | 1-3 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik | |||||
12. | 1.05.1925 | Stadionul Romcomit, Bucharest, Ruminiya | Ruminiya | 1-2 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik | |||||
13. | 2.10.1925 | Taksim Stadium, Istanbul, Turkiya | Polsha | 1-2 | Magʻlubiyat | Oʻrtoqlik | |||||
14. | 14.10.1927 | Taksim Stadium, Istanbul, Turkiya | Bolgariya | 3-1 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik | |||||
15. | 14.10.1927 | Taksim Stadium, Istanbul, Turkiya | Bolgariya | 3-1 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik | |||||
Yutuqlar
tahrir- Turkiya futbol chempionati (1): 1933-yil
- Istanbul futbol ligasi (4): 1920-21, 1922-23, 1929-30, 1932-33
- Istanbul Juma Ligasi (2): 1920-21, 1922-23
- Istanbul qalqoni (1): 1930-yil
- General Harrington kubogi (1): 1923-yil
Manbalar
tahrir- ↑ Zeki Rıza Sporel’s profile at Sports Reference.com
- ↑ „Tarihe Düşülen Not, Veteriner Hekimi Zeki Rıza Sporel | Prof. Dr. Hazım GÖKÇEN“.
- ↑ Fenerbahçe past presidents
- ↑ „Zeki Rıza Sporel“.
- ↑ „Zeki Rıza Sporel“ (turkcha). FenerbahceCumhuriyeti.org. 21-iyun 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2007-yil.
- ↑ „Zeki Rıza Sporel | Tozlu Magazin“.
- ↑ „1923–1924“. Walter Verani, Erdinç Sivritepe and Turkish Soccer (12-sentabr 1999-yil). Qaraldi: 18-iyun 2007-yil.
- ↑ „Zeki Rıza Sporel“ (turkcha). FenerbahceCumhuriyeti.org. 21-iyun 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2007-yil.
- ↑ „Zeki Rıza Sporel“. Olympedia. Qaraldi: 25-avgust 2021-yil.
- ↑ ↑
- ↑ ↑
- ↑ 1 2
- 1 2 ↑
- ↑ ↑
- ↑ ↑
- ↑ ↑
- ↑ Profile at TFF.org