Zenit raketa majmuasi
Zenit raketa majmuasi - bu dushmanning aerokosmik hujum vositalariga qarshi kurashish boʻyicha vazifalarni hal qilishni ta’minlaydigan funksional jihatdan bogʻliq boʻlgan jangovar va texnik vositalar toʻplami. Masalan:S-125(Neva), S-300(Favorit), S-400(Triumf), S-500(Prometey), Petriot
Umumiy holatda ZRM tarkibiga quyidagilar kiradi:
-boshqariladigan zenit raketalarni (BZR) tashish va ular bilan ishga tushirish moslamasini yuklash vositalari;
-raketa uchirish moslamasi;
-Boshqariladigan zenit raketalari (BZR);
-havodagi dushmanni razvedka qilish vositalari;
-havo nishoniga davlatga tegishliligini aniqlash tizimining yer usti soʻrovchisi;
-raketani boshqarish vositasi( raketada joylashgan boʻlishi mumkin - oʻzini oʻzi yoʻnaltirishda);
-havodagi nishonni avtomatik kuzatish vositalari(raketada joylashgan boʻlishi mumkin);
-raketani avtomatik kuzatish vositasi (oʻz oʻzini yoʻnaltiruvchi raketalarga shart emas);
-uskunani funksional nazorat qilish vositalari.