Zenith Komarniski (talaffuzi: Zenit Komarniski, 1978-yil 13-avgustda tugʻilgan) — Kanadalik sobiq xokkeychi, Milliy xokkey ligasida Vancouver Canucks va Columbus Blue Jakets jamoalarida oʻynagan.

Zenith Komarniski
Komarniski Omaha Ak-Sar-Ben Knights bilan 2006-yilda
Tugʻilgan joyi 13-avgust 1978-yil (1978-08-13) (46 yosh)
Edmonton, Alberta, Canada
Boʻyi 6 ft 0 in (183 cm)
Ogʻirligi 200 lb (91 kg; 14 st 4 lb)
Pozitsiyasi Himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap qanot
Oʻynagan jamoalari Vancouver Canucks
Columbus Blue Jackets
NHLga kirish drafti 75-oʻrin, 1996
Vancouver Canucks
Jamoalardagi faoliyat 1998—2006

Jamoalardagi oʻyin faoliyati

tahrir

U 1994—1995-yillarda Gʻarbiy Xokkey Ligasining Tri-City Americans jamoasida, 1997—1998-yillardagi mavsumning boshida Spokane Chiefs jamoasiga almashtirilgunga qadar oʻynagan. Komarniski 1996-yilgi NHL draftida Vancouver Canucks jamoasi tomonidan 75-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan.

U oʻzining professional xokkeychilik faoliyatini Amerika Xokkey Ligasida 1998—1999-yilgi mavsumda Syracuse Crunch jamoasi bilan boshlagan. Komarniski 1999—2000-yilgi mavsumning koʻp qismini Syracuse jamoasi safida oʻtkazgan, ammo Canucks jamoasi bilan faqatgina 18 oʻyinda maydonga tushgan. Canucks jamoasining sakkizinchi oʻyinida u Colorado Avalanche darvozasiga birinchi va yagona NHL golini kiritgan[1][2]. U 2002—2003-yilgi mavsumgacha boshqa NHL oʻyinlarida maydonga tushmagan. 2003—2004-yilgi mavsumning oʻrtalarida u Vancouver jamoasidan Columbus Blue Jackets jamoasiga almashtirilgan. U mavsumdagi oʻyin vaqtini Manitoba va Syracuse jamoalari oʻrtasida teng taqsimlagan. Yil oxirida u Columbus jamoasi bilan atigi ikkita oʻyin oʻtkazgan. Komarniski 2004—2005-yilgi lokavt mavsumida Syracuse jamoasida oʻynagan va mavsumdan tashqari oʻyinlar uchun Calgary Flames jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2005—2006-yilgi mavsumda esa u Flames jamoasining AHLdagi filiali Omaha jamoasida oʻynagan.

Jamoalardagi faoliyat statistikasi

tahrir
Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
1992—1993 Fort Saskatchewan Rangers Bantam AAA AMBHL 29 4 9 13 32
1993—1994 Fort Saskatchewan Rangers Bantam AAA AMBHL 32 12 31 43 80
1994—1995 Tri-City Americans WHL 66 6 19 24 110 17 1 2 3 47
1995—1996 Tri-City Americans WHL 42 5 21 26 85
1996—1997 Tri-City Americans WHL 58 12 44 56 112
1997—1998 Tri-City Americans WHL 3 0 4 4 18
1997—1998 Spokane Chiefs WHL 43 7 20 27 90 18 4 6 10 49
1998—1999 Syracuse Crunch AHL 58 9 19 28 89
1999—2000 Vancouver Canucks NHL 18 1 1 2 8
1999—2000 Syracuse Crunch AHL 42 4 12 16 130 4 2 0 2 6
2000—2001 Kansas City Blades IHL 70 7 22 29 191
2001—2002 Manitoba Moose AHL 77 5 20 25 153 7 0 2 2 13
2002—2003 Vancouver Canucks NHL 1 0 0 0 2
2002—2003 Manitoba Moose AHL 53 15 8 23 94 13 2 2 4 30
2003—2004 Manitoba Moose AHL 10 0 0 0 35
2003—2004 Columbus Blue Jackets NHL 2 0 0 0 0
2003—2004 Syracuse Crunch AHL 54 2 22 24 84 7 0 1 1 4
2004—2005 Syracuse Crunch AHL 62 3 11 14 99
2005—2006 Omaha Ak-Sar-Ben Knights AHL 68 6 15 21 99
2006—2007 Lamont Bruins NCHL 10 5 17 22 30 8 2 7 9 32
2007—2008 Stony Plain Eagles CHL 8 1 8 9 4
AHLdagi umumiy ochkolari 424 44 107 151 783 31 4 5 9 53
NHLdagi umumiy ochkolari 21 1 1 2 10

Xalqaro musobaqalardagi faoliyati

tahrir
Yil Jamoa Musobaqa GP G A Pts PIM
1998 Kanada WJC 7 0 0 0 26
Oʻsmirlar jamoasidagi ochkolari 7 0 0 0 26

Manbalar

tahrir
  1. „Zenith Komarniski 1999-00 Game Log“. Qaraldi: 11-yanvar 2021-yil.
  2. „Zenith Komarniski 1st NHL Goal – Youtube“. YouTube. 2022-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2021-yil.