Ziddiyat qonuni

Ziddiyat(arabcha ,,qarama-qarshilik"; varianti: oppozitsiya) tilshunoslikda bir sistemadagi lisoniy birliklarning mazmuniy tomoni asosida òzaro u yoki bu darajada farqlanishini ifodalaydi
(Ziddiyat Qonunidan yoʻnaltirildi)

Ziddiyat qonuni (mantiqda) — ikki qaramaqarshi fikr ayni bir vaqtda va ayni bir nisbatda toʻgʻri boʻlishi mumkin emasligini koʻrsatuvchi qonun. Predmetlar va hodisalar oʻrtasidagi obyektiv munosabat toʻgʻri fikrlash jarayonida inson miyasida bir fikr bir vaqtning oʻzida ikki maʼnoda ishlatilmasligini taqozo qiladi. Bu toʻgʻri fikrlash va chin muhokamalarning ajralmas xossalaridan biridir. 3. q. tafakkur rivojida qaramaqarshi fikrlar toʻqnashuvini inkor etmasdan, bir vaqtning oʻzida bir predmet xaqida ikki zid fikrga yoʻl qoʻymaslikni talab qiladi, yaʼni vaqt, predmet, nisbat jihatdan birlikni nazarda tutadi. Maye, yomgʻirni umuman zararli yoki foydali deb boʻlmaydi, u maʼlum davrda maʼlum oʻsimliklar uchun zararli, boshqa bir davrda foydali boʻlishi mumkin. 3. q. ning buzilishi tafakkurda chalkashliklarga va notoʻgʻri xulosalarga olib keladi.[1]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil