Zikrulla Abdullayev
Zikrulla Abdullayevich Abdullayev — sovet iqtisodiy-ijtimoiy, davlat va siyosiy arbobi.
Zikrulla Abdullayev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1912-yil 5-dekabr Toshkent, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
1982-yil 18-may Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari | Qizil Yulduz ordeni |
Xizmat yillari | 1941-1945 |
Janglari | Ulug‘ Vatan urushi |
Tarjimai hol
tahrirAbdullayev 1912-yilda Toshkent shahrida dunyoga keladi. SIKP (Sovet ittifoqi kommunistik partiyasi) a’zosi. 1941-yilning iyulidan Bryansk va Kalinin frontlari faol armiyasi qo‘mondonlik tarkibida Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi bo‘ladi[1] . Polk shtab boshlig‘ining yordamchisi vazifasida xizmat qiladi. Urush vaqtida og‘ir yaralanadi[1] .
U 1942-yil 26-noyabrda Kalinin, 1-Boltiqbo‘yi frontlari 3-alohida jarima bataloni shtab boshlig‘ining yordamchisi. U Bursevo va Alekseykovo qishloqlari uchun bo‘lgan janglarda o‘z batalonining 3 va 5-rotalari bilan birga jang olib borib, boshqalardan ajralib turdi. 1943-yil 15-iyulda unga batalon qo‘mondoni sifatida mukofot topshiriladi. 1943-yil 29-iyulda Kalinin frontining 3-alohida jarima bataloni shtab boshlig‘ining yordamchisi kapitan Abdullayev Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlanadi[1] .
Zikrulla Abdullayev 1945-yilda 3-Belorussiya va 2-Belorussiya frontlari 43-armiyasining 54-o‘qchilar korpusining 126-Gorlovka qo‘shini shtab-kvartirasi operativ bo‘limi boshlig‘ining yordamchisi,[2][3] so‘ng kavaleriya polkining shtab boshlig‘i bo‘ladi. U 1945-yil avgustidan Sinszyanda operativ qo‘mondon bo‘ladi, 1945-yil dekabrida xizmatdan vazifasidan ozod etiladi[3].
Abdullayev 1946-yildan — iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat yuritadi. 1946—1970-yillarda Toshkent shahrida to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotchisi, so‘ng Toshkent to‘qimachilik instituti rektori, Toshkent to‘qimachilik kombinati direktori vazifasida ishlab keladi. Keyinchalik O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 5, 6 va 7-chaqiriqlari deputati etib saylangan. Shuningdek, u SIKP XXIII qurultoyi delegati ham edi.
U 1982-yilda Toshkentda vafot etadi.
Mukofotlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Абдуллаев Зикрулла Абдуллаевич :: Память народа“. 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 „Абдулаев Закрулла Абдуллаевич :: Память народа“. 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 Абдуллаев Зикрулла Абдуллаевич :: Память народа
- ↑ „Абдуллаев Зикрулла Абдуллаевич :: Память народа“. 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.
- ↑ „Абдуллаев Зикрулла Абдуллаевич :: Память народа“. 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.