Zimnecia (Ruminiya)
Zimnecia — Ruminiya davlatining tarixiy hududi hisoblangan Muntenia hududida joylashgan Teleorman okrugidagi shahar. Bolgariyaning port-shahri Svishtov bilan Zimnecia oʻrtasida Dunay daryosi tabiiy chegarani hosil qiladi.
Geografiyasi
tahrirZimnecia Dunay daryosining chap qirgʻogʻidagi tekislikda joylashgan. U Ruminiyaning eng janubiy yeri hamda Dunay daryosidagi port hisoblanadi. Zimnecia va Buxarest orasidagi masofa 122 kilometr (76 milya) va Teleorman okrugi poytaxti boʻlgan Aleksandriyagacha masofa taxminan 39 kilometr (24 mi)ni tashkil qiladi.