Zimniye zametki o letnix vpechatleniyax
Zimnie zametki o letnix vpechatleniyax (ruscha: Зимние заметки о летних впечатлениях. oʻzbekcha: Yoz taassurotlari haqida qishki qaydlar) – rus yozuvchisi Fyodor Dostoyevskiy tomonidan yozilgan esse. Asar ilk marotaba oylik Vremya jurnalida chop etila boshlagan. Ushbu esse 1862-yilda Dostoyevskining Yevropaga sayohati qaydlari hamda uning Yevropada yashovchi ruslarning tasavvurlari haqidagi fikrlardan iborat[1].
Mavzular
tahrirSiyosiy
tahrirDostoyevskiy marksist boʻlmasa-da, Karl Marxning Yevropani tanqid qilgan ayrim fikrlariga qoʻshilgan. Pan-slavizmga ishonadigan Dostoyevskiy Yevropa madaniyatini buzuqligi uchun xushlamasdi va unga taqlid qilishga uringan vatandoshlarini tanqid qilgan.
Diniy
tahrirDostoevskiy sayohatlari davomida protestantlarni (Angliyada) va katoliklarni kuzatgan. U anglikanlar „magʻrur va boy … ular oʻzlarining axloqiy fazilatlariga va boshqalarga ham mustahkam axloqni singdira olish huquqiga ega ekanliklariga qattiq ishonadilar“ deb hisoblardi. Dostoevskiy katolik ruhoniylari sadaqa orqali kambagʻallarni diniy boshqarmoqda, deb oʻylardi. Boshqa vaqtlari esa Dostoevskiy pravoslavlik ikkisidan ustunroq ekanligini, u cherkov ichidagi birlikni himoya qilishi, ammo bu orqali hech kimni hech narsaga majburlamasligini taʼkidlardi[2].
Ijtimoiy
tahrirDostoevskiyning ingliz va fransuz milliy xususiyatlari haqidagi kuzatishlari uning davridagi koʻp sayohatchilarning fikrlarini oʻzgartirgan. Uning fikricha, fransuzlar ikkiyuzlamachi va mantiqsiz boʻladi. Shuningdek, Fransiya aholisi fransuz maxfiy politsiyasi tomonidan qatagʻon qilingan deb hisoblardi. Inglizlar esa aksincha, magʻrur boʻladi. Badavlat inglizlar kambagʻallarning taqdiri haqida oʻylash uchun oʻzlarini juda yuqori deb bilishadi degan xulosaga kelgan.
Adabiy ahamiyati va tanqidlar
tahrirDostoevskiy „Zimniye zametki o letnix vpechatleniyax“ning zaif tomonlari borligini tan olgan, chunki u tanqidlarni toʻgʻri baholay olishi uchun Yevropaning baʼzi qismlari (xususan, Germaniya)ga tez-tez sayohat qilib turardi. Hatto doʻstona tanqidchilar ham Dostoyevskiyning ushbu asaridagi uslubi zaif ekanini taʼkidlagan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Muchnic, Helen (May 6, 1965). "Dostoevsky Abroad". The New York Review of Books. http://www.nybooks.com/articles/archives/1965/may/06/dostoevsky-abroad/. Qaraldi: 9 January 2014.Zimniye zametki o letnix vpechatleniyax]]
- ↑ Walsh, David (Summer 1987). "Dostoyevsky's Discovery of the Christian Foundation of Society". Religion & Literature (The University of Notre Dame) 19 (2).
- ↑ Frank, Joseph (July 1963). "Dostoevsky: The Encounter with Europe". Russian Review 22 (3): 237–252. doi:10.2307/126268. https://archive.org/details/sim_russian-review_1963-07_22_3/page/237.