Zinat-ul-masjid
Zinat-ul-masajid[1], shuningdek, tarixiy manbalarda Zinat-ul-masjid sifatida tilga olingan va xalq orasida Ghata masjidi (soʻzma-soʻz 'Bulut masjid') nomi bilan tanilgan[2], 18-asrga oid Boburiylar sulolasiga oid masjid. U Hindistonning Dehli shahrida joylashgan. Masjid Boburiylar imperatori Avrangzebning ikkinchi qizi Zinat-un-Nissa tomonidan qurdirilgan.
Masjid | |
Zinat-ul-masjid
| |
Zinat-ul Masjidning kirish qismi | |
Mamlakat | Hindiston |
Shahar | Dehli |
Koordinatalar | 28°38′48″N 77°14′42″E / 28.646642°N 77.244920°E |
Meʼmoriy uslub | Boburiylar arxitekturasi |
Asoschi | Zinat-un-Nissa Begum |
Asosiy sana: 18-asr
| |
Gumbazlar soni | 3 |
Gumbazlar soni | 3 |
Zinat-ul-masjid Vikiomborda |
Joylashuvi
tahrirZinat-ul-masajid Dehlining Daryaganj shahrida[3], Qizil qal’aning janubida joylashgan va Jamna daryosiga juda yaqin[4].
Tarixi
tahrirZinat-ul-masajid 18-asr boshida Zinat-un-Nissa[2] tomonidan otasi Avrangzeb hukmronligi davrida qurilgan[5]. Uning qurilishi 18-asrda Boburiylar elitasi tomonidan masjidlar qurilishiga koʻp homiylik qilganligini koʻrsatuvchi namunalardan biridir[6].
Dehlini qamal qilish paytida Zinat-ul-masajid Britaniya harbiy kuchlari tomonidan musodara qilingan va qoʻshinlar foydalanishi uchun novvoyxonaga aylantirilgan. Keyinchalik binodan qisman turar joy sifatida ham foydalanilgan[7].
Arxitekturasi
tahrir„Zinat-ul-masajid“ baland poydevor ustiga qurilgan. Uning uchta marmar gumbazi qizil qumtosh bilan qoplangan va tepasida teskari shakldagi lotus gullarining tasviri bor. Masjidning peshtoqi marmar bilan bezatilgan va ingichka minoralar bilan oʻralgan. Masjidning fasadi asosiy kirish eshigining har ikki tomonidagi uchta ark yoʻlidan iborat boʻlib, ularning har biri ustunlarga ega. Masjid fasadining ikki chetida uch qavatli minoralar joylashtirilgan. Masjid peshtoq tuzilishi va gumbazlarning balandligi kabi xususiyatlari bilan Shoh Jahon tomonidan Dehlida qurilgan Jome masjidi arxitekturasiga taʼsir koʻrsatgan, ammo, Avrangzeb davri meʼmorchiligining elementlari gumbazlarning noodatiy shakldagi qurilishi va minoralar yuqori qismining torayib borishi masjidning kirish arklaridan ham yaqqol koʻzga tashlanadi[4][8][6].
Manbalar
tahrir- ↑ Masselos, Jim. Beato's Delhi: 1857 and Beyond (en). Penguin UK, 2011-12-07. ISBN 978-93-5118-199-6.
- ↑ 2,0 2,1 Kuczkiewicz-Fraś, Agnieszka (2009). "History preserved in names. Delhi urban toponyms of Perso-Arabic origin.". Cracow Indological Studies 11: 62.
- ↑ „Sixty drawings of Mughal monuments and architectural details.“. Victoria and Albert Museum.
- ↑ 4,0 4,1 Asher, Catherine B.. Architecture of Mughal India. Cambridge University Press, 1992-09-24 — 266-bet. DOI:10.1017/chol9780521267281. ISBN 978-0-521-26728-1.
- ↑ Wright. „The Qudsia Bagh (left), The Zinat al-Masajid mosque (right)“. www.bl.uk. 2014-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-may.
- ↑ 6,0 6,1 Dadlani, Chanchal B. (2019-08-12), „Chapter 2: The Urban Culture of Mughal Delhi“, From Stone to Paper: Architecture as History in the Late Mughal Empire (inglizcha), Yale University Press, doi:10.37862/aaeportal.00054.006, ISBN 978-0-300-25096-1, S2CID 239305604, qaraldi: 2022-05-28
- ↑ Lahiri, Nayanjot (2003-04-01). "Commemorating and remembering 1857: The revolt in Delhi and its afterlife". World Archaeology 35 (1): 40–41. doi:10.1080/0043824032000078072. ISSN 0043-8243. https://doi.org/10.1080/0043824032000078072.
- ↑ Alfieri, Bianca Maria. Islamic architecture of the Indian subcontinent, F. Borromeo, London, WC: Laurence King Pub., 2000 — 269–270-bet. ISBN 81-85822-74-3. OCLC 44536138.