Georgiy Zinovyev
Georgiy Vasilyevich Zinovyev (1877, SanktPeterburg — 1934, Moskva) — Turkistonda sovet rejimi oʻrnatishda faol qatnashgan harbiy arbob. 1918—21 yillarda Turkiston armiyasi va ZTurkiston oʻqchi diviziyasi, Fargʻona armiyasi qoʻmondoni hamda Turkiston fronti inqilobiy harbiy kengashi aʼzosi sifatida istiklolchilarga qarshi kurashni uyushtirdi. Buxoro bosqini (1920 yil avgust—sentabr)ni uyushtirishda M. V. Frunzening eng yaqin yordamchisi boʻlib, qizil armiya qoʻshinlariga bevosita qoʻmondonlik qildi. 1920 y. oktabrda 3. boshchiligida 31000 kishilik qizil armiya Fargʻona vodiysidagi istiqlolchilarga qarshi tashlandi. Istiqlolchilik harakatining rahbarlari bilan muzokaralar paytida bir guruh qoʻrboshilar uning buyrugi bilan qoʻlga olinib, xiyonatkorona ravishda otib tashlandi (1921). 3. keyinchalik Oʻrta Osiyo harbiy okrugi qoʻmondonining oʻrinbosari va b. lavozimlarda ishladi.
Ad:. Rajabov Q. K., Mustaqil Turkiston fikri uchun mujodalalar, T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: K istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |