Ziyodulla Poʻlatxoʻjayev

Oʻzbekiston davlat arbobi, diplomat

Ziyodulla Saʼdullayevich Poʻlatxoʻjayev — oʻzbek muhandisi, diplomati. 2010-2014-yillarda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi. 2007-2010-yillarda Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi elchisi.

Ziyodulla Saʼdullayevich Poʻlatxoʻjayev
Зиёдулла Саъдуллаевич Пўлатхўжаев

Dmitriy Medvedev O‘zbekiston Respublikasi elchisi Ziyodulla Po‘latxo‘jayevdan ishonch yorlig‘ini qabul qilmoqda. Moskva, 2010-yil 3-iyun
 Oʻzbеkistоnning Rossiyadagi elchisi
 
Mansab davri
2010-yil 15-apreldan – 2014-yil 23-aprelgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Ilhom Neʼmatov
Vorisi Akmal Kamolov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 4-mart 1961-yil (1961-03-04) (63 yosh)
Andijon

Biografiyasi

tahrir

Ziyodulla Poʻlatxoʻjayev Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini (1983), SSSR Tashqi savdo akademiyasini (1990) tamomlagan. Rus, ingliz, nemis tillarini biladi.

O‘zbekiston transport tizimi tashkilotlarida, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining bo‘limlarida turli lavozimlarida ishlagan.

1993-yildan — diplomatik ishda. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining turli tuzilmaviy bo‘linmalariga rahbarlik qilgan, vazir yordamchisi va maslahatchisi bo‘lgan.

1993-1995 va 1999-2003-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi xodimi.

1995-1999-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

1999-2007 — O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi maslahatchisi.

2007-2010-yillarda — O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2010-yildan 2014-yilgacha — O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi[1].

2014-yildan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektorining oʻrinbosari[2].

Manbalar

tahrir