Zlatan Ibrahimović

shvetsiyalik futbolchi

Zlatan Ibragimovich (shvedcha: Zlatan Ibrahimović; 3-oktyabr 1981-yilda tugʻilgan) – shved futbolchisidir. U Italiyaning „Milan“ klubi hujumchisidir. Shvetsiya terma jamoasining sobiq sardori. U oʻz avlodining eng kutilmagan va mohir hujumchilaridan biri sanaladi. The Guardian gazetasiga koʻra, Ibragimovich 2013-yilda dunyoning eng yaxshi futbolchilari reytingida uchinchi oʻrinni egalladi. Shvetsiyaning Dagens Nyheter jurnaliga koʻra, Ibragimovich barcha davrlarning eng yaxshi sportchilari roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egalladi. U karyerasi davomida 570 dan ortiq gol urgan, shu jumladan klubi uchun 500 dan ortiq gol va soʻnggi 40 yillikning har birida gol urgan.

Zlatan Ibragimovich
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zlatan Ibrahimović[1]
Tavallud sanasi 3-oktyabr 1981-yil (1981-10-03) (43 yosh)[1]
Tavallud joyi Malmö, Shvetsiya
Boʻyi 1.95 m[2]
Ampluasi Strayker
Laqabi Ibra[3]
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1989—1991 Malmö BI
1991—1995 FBK Balkan
1995—1999 Malmö FF
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999—2001 Malmö FF 40 (16)
2001—2004 Ajax 74 (35)
2004—2006 Juventus 70 (23)
2006—2009 Inter Milan 88 (57)
2009—2011 Barcelona 29 (16)
2010—2011   AC Milan 29 (14)
2011—2012 AC Milan 32 (28)
2012—2016 Paris Saint-Germain 122 (113)
2016—2018 Manchester United 33 (17)
2018—2019 LA Galaxy 56 (52)
2020—2023 AC Milan 64 (34)
Total 637 (405)
Milliy terma jamoa
1999 Shvetsiya U18 4 (1)
2001 Shvetsiya U21 7 (6)
2001—2023[lower-alpha 1] Shvetsiya 122 (62)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

12 yoshidan boshlab u „Malmyo“ yoshlar jamoalarida oʻynagan va 1999-yilda asosiy jamoasida debyut qilgan. Ikki yilini klub tarkibida oʻtkazgandan soʻng, 2001-yilning yozida 7,8 million yevro evaziga Gollandiyaning „Ayaks“ klubiga oʻtdi. Amsterdamda uch yil davomida Zlatan ikkita chempionlik va bir marta mamlakat kubogini qoʻlga kiritdi. 2004-yilning yozida u 16 million yevro evaziga Italiyaning „Yuventus“ klubiga oʻtdi Birinchi mavsumida u Italiya chempioni boʻldi. 2005/06-yilgi mavsumda u oʻz unvonini himoya qildi, ammo Kalsiopoli natijasida ikkala chempionat ham bekor qilindi, shundan soʻng Ibrahimovich 24,8 million yevro evaziga „Inter“ga oʻtdi. Uch yil davomida „qora-koʻk“ tarkibida ketma-ket uchta skudetto qoʻlga kiritildi. 2009-yilning yozida 46 million yevro evaziga Samuel Eto'o Ispaniyaning „Barselona“ klubisiga oʻtdi. Klub tarkibida u Ispaniya chempioni, klublar oʻrtasidagi jahon chempioni va UEFA Superkubogi sohibiga aylandi. Ammo, 2010-yilning yozida „koʻk anorranglilar“ bosh murabbiyi Xosep Gvardiola[4] tufayli Ibragimovich Milanga ijaraga oʻtdi va 2011-yilda u nihoyat Milanga koʻchib oʻtdi. A Seriyaga qaytgan birinchi mavsumida Zlatan yana Italiya chempioniga aylandi. 2012-yilda moliyaviy muammolar tufayli „Milan“ Ibragimovich va Tiago Silvani „Pari Sen-Jermen“ga sotishga majbur boʻldi, transfer narxi 60 million yevroni tashkil etdi. Parijliklar tarkibida shved qatorasiga toʻrt marta Fransiya chempioni boʻldi. 2016-yilning yozida u erkin agent sifatida Angliyaning „Manchester Yunayted“ klubiga oʻtdi „Qizil iblislar“ tarkibida u Yevropa Ligasi, Futbol Ligasi kubogi va Angliya Superkubogini qoʻlga kiritdi. 2018-yil mart oyida „Manchester Yunayted“ futbolchi bilan shartnomani bekor qilganini eʼlon qildi, shundan soʻng Ibrahimovich MLSda oʻynab „ Los-Anjeles Gelaksi“ga koʻchib oʻtdi. 2020-yilning yanvarida Zlatan Milanga qaytdi.[5]

Eslatmalar

tahrir
  1. U dastlab 2016-yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan, ammo 2021-yilda terma jamoaga qaytgan va 2023-yilda uzil-kesil futbolchilik faoliyatini yakunlagancha oʻynagan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „FIFA Club World Cup UAE 2009 presented by Toyota: List of Players“. FIFA (2009-yil 1-dekabr). 2019-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-mart.
  2. „Ibrahimovic Zlatan“. Paris Saint-Germain F.C.. 2017-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-iyul.
  3. „Профиль на Goal.com“ (inglizcha). Qaraldi: 13-mart 2014-yil.
  4. „Ибрагимович: орал на Гвардиолу: «У тебя нет яиц!»“.
  5. „Ибрагимович перешёл в «Милан»“. Sports.ru. Qaraldi: 3-sentabr 2020-yil.

Havolalar

tahrir