ZMAY (Zmai; asl ism sharifi Yovanovich, Jobanobuch) Yovan (1833.24.11, NoviSad, 1904.3.6, Kamenitsa, Voyevodina) — serb shoiri. Ijodida milliyvatanparvarlik mavzui asosiy oʻrinni egallaydi ("Vila", 1858; "Uch gayduk", 1866; "Baxtsiz ona", 1871 va b.). 3. hajviy sheʼrlar ustasi ("Yogʻoch qasidasi", 1878; "Serbiyadagi yangi saylovlar", 1884 va b.). Serb sheʼriyatida birinchilardan boʻlib serb dehqonlari va shahar qashshoqlarining nochor hayotini tasvirlagan ("Uchinchi ulush", 1880; "Sudxoʻr", 1881 va b.). Z.ning "Atirgullar" (1864), "Soʻlgʻin atirgullar" (1882) toʻplamlariga kirgan sheʼrlari serb romantik sheʼriyatining eng yaxshi namunalari sanaladi. Z.ning ayrim sheʼrlari Xurshid Davron tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1989).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil