Zogʻnul (fors, zogʻ — qargʻa va nul — tumshuq) — qad. urush quroli. Har xil metalldan yasalgan; zoʻgʻatasi qargʻa boshiga, uchi qargʻa tumshugʻiga oʻxshash, dastasi yogʻochdan boʻlgan. Hindistonda, ayniqsa, Bobiriylar hukmronligi davrlarida koʻproq ishlatilgan. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda Z.dan dehqonchiliqda ham foydalanilgan. Baʼzan uni choʻkich deb ham yuritishgan. 3OFO3A, qizilcha, efedra (Ephedra) — qizilchadoshlar oilasiga mansub ikki uyli butalar turkumi. 40 turi boʻlib, Oʻrta dengiz mamlakatlarida, Hindiston, Xitoy, Shim. va Jan. Amerikada, Rossiyaning jan.-sharqiy Yevropa qismida va Sibirda, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Koʻpincha quruq choʻl va yarim choʻl mintaqalarda, quruq toshloqli togʻ yon bagʻirlarida oʻsadi. Z.ning barglari mayda, qipiq-simon, tezda toʻkilib ketadi. Changchi va urugʻchi qubbalari poya boʻgʻimlarida joylashgan. Z.ning 10 ga yaqin turi Oʻzbekistonda uchraydi. 3. tarkibidagi efedrin alkaloididan tibbiyotda foy-dalaniladi. Efedrin yurak va qon tomirlari faoliyatiga adrenalinga oʻxshash taʼsir koʻrsatadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil