Zohidjon Obidov
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Zohidjon Obidov — jangchi shoir, 1923-yili Toshkentda tugʻilgan. U oʻrta maktabni tugatib oliy oʻquv yurtiga emas, frontga — jangga otlandi. Leningrad janglarida, qamal holatida oʻsha yurt uchun jonini fido etdi. Yarador boʻlib qaytdi. Shundan soʻng Toshkent Davlat dorilfununiga oʻqishga kirada. Tugatgach, Namangan pedagogika institutida dars beradi. Ayni chogʻda viloyat yozuvchilari uyushmasiga rahbarlik qiladi. Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasida, Gʻafur Gʻulom va „Yosh gvardiya“ va „Mushtum“ oynomasida faoliyat koʻrsatadi.
U shoir sifatida 50-yillardan beri ijod qilib keladi. Shu damgacha yigirmadan ortiq sheʼriy toʻplamlari eʼlon qilingan. Jumladan, „Yaxshi niyat“ (1957), „Yangi oyning oʻrogʻi“ (1961), „Oshiq koʻngil bilan“ (1963), „Xitoydan sovgʻa“ (1963), „Tong yulduzlari“ (1965), „Koʻngil navosi“ (1968), „Xandalarim“ (1969), „Umid toʻlqinlari“ (1972), „Yurakdagi mavjlar“ (1973), „Kuygan kuyov“ (1973), Tanlangan asarlar (1974), „Talpinur dil“ (1977), „Qoʻlingni ber“ (1979), „Koʻngil taronasi“ (1983), „Kuyla dilkash dutorim“ (1984), „Dilrabosan“ (1984), „Bahshida“ (1985), „Senga talpinaman“ (1990), „Qanotli qoʻshiqlar“ (1991), kabi kitoblari bosilgan. Uning sheʼriy toʻpdamlarida bir xil sheʼrlar qoʻshiq boʻlib yangraydi, bir xillari hashviya sifatida kulgiga yetaklaydi, yana bir xili zamon va zamondoshlarning oʻy-fikrlarini ifoda etadi.
Ayni chogʻda mazkur sheʼrlarning koʻpchiligi rus va oʻzga tillarga ham tarjima boʻlgan. Zohidjon Obidov M. Lermontov, T. Shevchenko. M. Bajan, R. Hamzatov, S. Mixalkov kabi mashhur shoirlar asarlarini ham oʻzbek tiliga tarjima qilgan. U urush faxriysi, qoʻsha-qoʻsha orden va medallar sovrindori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.[1]
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Zohidjon Obidovga qoʻshimcha maʼlumot (Wayback Machine saytida 2017-07-27 sanasida arxivlangan)