Muzaffar Zohidov
Muzaffar Vohidovich Zohidov (1953-yil Toshkent shahrida tugʻilgan) — sharqshunos, filolog, arabshunos. ToshDU sharq fakultetining 1976-yilgi bitiruvchisi. Sanʼatshunoslik nomzodi. 2010-yildan Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchisi[1].
Muzaffar Zohidov | |
---|---|
Tavalludi |
1953-yil Toshkent |
Istiqomat joylari | Toshkent Iroq Misr Belgiya |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Sohasi | Sharqshunos-filolog-arabshunos |
Faoliyati
tahrir1976 — 1977-y. — Misrda xizmat safari; 1977-yildan Sanʼatshunoslik institutida kichik ilmiy xodim, 1978-yildan — aspirant, (orada: 1979 −1982-y. — Iroqda referent tarjimon), 1984-yildan katta ilmiy xodim. 1990 — 1996-y. — Oʻzbekiston kinematografistlar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari; OʻzR TIV „Jahon“ teleradio xizmati boshligʻi (1996 y), press-attashe birinchi kotibi (1997 — 2001 y); muxbirlik punkti mudiri; direktor oʻrinbosari; Axborot dasturlari xizmati boshligʻi[1].
Ilmiy yoʻnalishi
tahrirXorijiy mamlakatlar tarixi. 10 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qancha respublika ilmiy konferensiyalari ishtirokchisi[1].
Ilmiy ishlari
tahrirNomzodlik dissertatsiya mavzusi: „Borba progressivnix i reaksionnix tendensiy v yegipetskom kinematografe“. — Tashkent, 1984.
- Iroq kinosi // Oʻzbekiston sanʼati. — Toshkent, 1978. — № 5.
- Misr kinosi va yoshlar // Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati. — 1984. 30-mart.
- Realistik kino ustasi // Sovet Oʻzbekistoni sanʼati. — 1984. — № 5.
- Arab mamlakatlari kinosi // Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati. −1984. −1-iyun.
- Ideyno-esteticheskaya borba v yegipetskom kinematografe: — Tashkent, 1984.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi 2021, s. 216-219.
Adabiyotlar
tahrir- Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi, Toshkent, 2021 — 216-219-bet.