Zokirjon qiziq Ovulov (1886 Andijon — 1975) — xalq qiziqchisi. 12 yoshidan Azim choʻkindining qiziqchilar toʻpida jarchilik, soʻng masharabozlik qilgan. M. Mansurovning sirk truppasida (1904—05) Yusufjon qiziq Shakarjonovdan saboq olgan. Sobir qori, Ortiq, Rafiq, Karim kabi qiziqchilar bilan birga "Bola oʻqitish", "Ketmon tilash", "Oʻlik sotdi" kabi xalq komediyalarida oʻynagan. 1918—25 yillarda Mayramxon sirkida, A. Makarov, E. Xolmirzayev toʻplarida ishlagan. Keyinchalik turli sozanda toʻplarida, koʻpincha Ibrohim qiziq Teshaboyev bilan qiziqchilik qilgan. "Mamayusuf", "Kelin tushirdi", "Xoji kampir", "Toʻrt jinni" kabi qad. ogʻzaki komediyalarni tiklab, xalq orasida namoyish qilgan.

Adabiyot

tahrir
  • Qodirov M., Masharaboz va qiziqchilar sanʼati, T., 1971.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil