Zomin aeroporti
Zomin aeroporti (IATA: OMN, ICAO: -) — Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi aeroport. Aeroport 2023-yilning 1-sentabr kuni ochilgan[2]. Aeroportning umumiy maydoni 60 gektarni tashkil etadi. Bu yerda 200 dan ortiq xodim ishlaydi. „Tres 001“ qurilish tashkiloti tomonidan aeroport bunyod etilgan boʻlib[3], uning terminali 30 yoʻlovchiga xizmat qilish uchun moʻljalangan[4]. Aeroport majmuasi uzunligi 1,2 kilometr boʻlgan asfalt uchish-qoʻnish yoʻlagi, ikkita samolyot saqlash uchun maxsus joy, kuzatuv minorasi va toʻgʻridan-toʻgʻri aeroport binosi bilan jihozlangan boʻlib, u yerda yerusti xizmatlari (umumiy ovqatlanish, transport, suvenirlar, restoranlar, kafelar) joylashgan boʻlib, katta zal yoʻlovchilarga parvozlarni bemalol kutish imkoniyatini beradi[5]. Ilik parvozni Zomin aeroportida LET L-410 samolyoti boshlab berdi. Chexiyada ishlab chiqarilgan LET L-410 samolyoti 19 nafar yoʻlovchini tashish quvvatiga ega. 1-sentyabr kuni u Toshkent mahalliy aeroportidan uchgan LET L-410 samolyoti Zominga ilk reysini amalga oshirdi. Parvoz vaqti 35 daqiqani tashkil etdi[6]. Oʻsha kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga tegishli Pilatus PC-24 biznes-jeti samolyoti ham Yangi Zomin aeroportiga uchib keldi. 1-sentyabr kungi ochilish marosimida, viloyat, tuman, Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi rahbarlari, shuningdek, tuman jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi. Zomin aeroportining ochilish marosimida 2017—2024-yillardagi viloyat hokimi Ergash Saliyev qatnashdi va tantanali marosimni ochib berdi[7].
Zomin aeroporti | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: OMN – ICAO kodi: mavjud emas | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Egasi | ![]() | ||
Operator | Oʻzbekiston havo yoʻllari | ||
Xizmat doirasi | Zomin | ||
Joylashuvi | Zomin, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston | ||
Dengiz sathidan balandligi | 5 774,27 ft / 1 760 m | ||
Koordinatalari | 40°00′54.459″N 68°24′35.127″E / 40.01512750°N 68.40975750°E | ||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
07/25 | 1,200 | 3,937 | asfalt |
Manba:[1] |
Manbalar
tahrir- ↑ Aeroport haqida TMJ Great Circle Mapper'da.
- ↑ „Zomin shahri aeroportining tantanali ochilishi“. uzairways.com. Uzbekiston Airways. Qaraldi: 7-aprel 2024-yil.
- ↑ „Zomin aeroporti foydalanishga topshirildi“. zomin.jizzax.uz. Зомин тумани ҳокимлиги расмий веб сайти. Qaraldi: 13-may 2024-yil.
- ↑ „Jizzaxda Zomin aeroporti foydalanishga topshirildi“. kun.uz. “WEB EXPERT” MCHJ. Qaraldi: 7-aprel 2024-yil.
- ↑ „Zominda aeroport ochildi“. gazeta.uz. «Gazeta News» MChJ. Qaraldi: 7-aprel 2024-yil.
- ↑ „Жиззахда Зомин аэропорти авиапарвозларни қабул қилишни бошлади“. YouTube. O'zMTRK O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi. Qaraldi: 13-may 2024-yil.
- ↑ „Zominda aeroport ochildi“. Gazeta.uz. «Gazeta News» MChJ. Qaraldi: 13-may 2024-yil.