Zubayda (762—831) – Horun ar-Rashidning xotini, amakisining qizi, abbosiylar xalifasi Amin (? – 813) ning onasi. U xalqparvar, kambagʻalparvar, xayru ehson borasida behad qoʻli ochiq boʻlib, oʻz mablagʻiga koʻplab shahar, qalʼa, rabot, masjid, Madrasa, koʻprik, yoʻl, ariq, quduq, hovuz, sardoba, koriz qurdirgan, gʻoziylar uchun qurol-aslaha va otlar xarid qilgan, yeru mulklar sotib olib, ularni qalʼalarga vaqf etgan. Chunonchi, 3. Kufadan Makka va Madinagacha boʻlgan yoʻllarda quduklar va Makka axlini oqar suv bilan taʼminlash uchun uz. 16 km keladigan bir ariq qazdirgan. Makkaliklar hanuzgacha mazkur ariqni „Aynu Zubayda“ („Zubayda chashmasi“) deb ataydi. Shosh kanalini (Toshkentdagi Boʻzsuv) tiklashga 2 mln. dirham aj-ratgan. Nizomulmumsning „Siyosatnoma“ asarida aytilishicha, Erondagi Koshon va Tabriz, Qashqar va Balur chegarasidagi Badaxshon, Isfijobdagi Husan sh.larini hamda Erondagi Jilon, Xorazmdagi Afrofa va b. koʻpgina qalʼalarni 3. qurdirgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar

tahrir

Nizomulmulk, Siyosatnoma, T., 1997.