Zufar Narzullayev
Narzullayev Zufar Gʻiyasovich — temiryo'lchi, davlat arbobi. 2023-yil 14-iyuldan „Oʻzbekiston temir yoʻllari“AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi[2][1].
Narzullayev Zufar Gʻiyasovich | |
---|---|
Oʻzbekiston temir yoʻllari raisi vazifasini bajaruvchisi | |
Mansab davri 2023-yil 14-iyul – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Husnutdin Xosilov[1] |
„Oʻzshahar qurilish invest“ injiniring kompaniyasi direktori | |
Mansab davri 2017-yil – 2023-yil | |
Jizzax viloyat hokimi oʻrinbosari | |
Mansab davri 2016-yil – 2017-yil | |
Hokim | Ulugʻbek Uzoqov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1970-yil Gʻallaorol tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSR |
Millati | oʻzbek |
Taʼlim |
Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti |
Maʼlumoti | oliy |
Mukofotlari |
Bolaligi
tahrirZufar Narzullayev 1970-yilda Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida tug'ilgan. Millati — o'zbek[3].
Ta'lim
tahrirNarzullayev 1991-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tugatadi. 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasini, 2009-yilda esa Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutini tugatgan[3].
Mehnat faoliyati
tahrirZufar Narzullayev 1996-yildan boshlab Oʻzbekiston temir yoʻllari tizimida ish boshlaydi. Ushbu tizimdagi tarkibiy boʻlinmalarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2009-yilda temiryoʻl tizimida kapital qurilish direksiyasiga rahbar etib tayinlanadi. „Angren—Pop“ temir yoʻli qurilishida faollik koʻrsatgan. 2016-yilda Jizzax viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlanadi. 2017-yilda „Oʻzshahar qurilish invest“ injiniring kompaniyasi direktori lavozimiga tayinlanadi[3]. 2023-yil 14-iyul kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq „Oʻzbekiston temir yoʻllari“AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanadi.
Mukofotlari
tahrirNarzullayev 2014-yilda „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Zufar Narzullayev “O‘zbekiston temir yo‘llari” raisi vazifasini bajaruvchisi boʻldi“. gazeta.uz (28-noyabr). Qaraldi: 28-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Зуфар Нарзуллаев стал новым главой «Узбекистон темир йуллари»“. spot.uz (2023-yil 14-iyul). Qaraldi: 28-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Narzullayev Zufar Gʻiyasovich“. railway.uz. Qaraldi: 28-noyabr.