Zuhro kamari (Cestus veneris) - paypaslagichlar turkumiga mansub; taroqlilar turi. Tanasi tasmasimon, tiniq tusli; rangini oʻzgartirish xususiyatiga ega. Uzunligi 1,5 m gacha. Ogʻiz teshigi tanasining oʻrtasida joylashgan. Tanasida 8 ta meridian qatordan iborat taroqsimon plastinkasi bor. Ulardan 4 tasi boshqalariga nisbatan uzun boʻlib, tana boʻylab choʻzilgan. Paypaslagichlari yordamida suzib yuradi. Qorongʻida yorugʻ nur tarqatadi. Tropik va subtropik dengizlarda tarqalgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil