Zulayho Boyxonova
Zulayho Boyxonova (28-aprel, 1964-yil, Namangan viloyati, Uychi tumani) — aktrisa, xonanda (lirik soprano). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1996), Oʻzbekiston xalq artisti (2003).
Zulayho Boyxonova | |
---|---|
Fayl:Zulayho Boyxonova.jpg | |
Tavalludi |
Boyxonova Zulayho Muhammadovna 28-aprel, 1964-yil. |
Kasbi | Xonanda |
Fuqaroligi | O‘zbekiston |
Veb-sayt | http://zulayho.uz |
Biografiya
tahrirBoyxonova Zulayho Muhammadovna 28-aprel 1964-yil Namangan viloyati Uychi tumanida tavallud topgan. 1980-yil maktabni tugatib, 1981-yil Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutining musiqali drama fakultetiga o‘qishga kirdi. 1986-yil oliygohni bitirib, “Muqimiy” nomidagi o‘zbek davlat musiqa va drama teatriga ishga kiradi. Teatr san‘atidagi xizmatlari va takrorlanmas ijodi uchun 1996-yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga, 2003-yil esa O‘zbekiston xalq artisti unvoniga ega bo‘ldi. 2005-yilda Zulayho Boyxonova Madaniyat va sport vazirligi tomonidan “Sahnamiz farishtasi” nomi bilan taqdirlandi.
Xonanda hozirgi kunda ustozi O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov boshchiligida “Ofarin” ansamblining xonandasi bo‘lib ishlaydi.
Ijodiy faoliyati
tahrirNurxon (Komil Yashin, To‘xtasin Jalilov, "Nurxon") — uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Keyinchalik Zulayho Boyxonova teatrda sahnalashtirilgan deyarli barcha spektakllarda bosh rollarni ijro etib tanildi:
- Zulayho (Ramz Bobojon, F.Olimov, "Yusuf va Zulayho");
- Nodirabegim (T.Toʻla, F.Olimov, "Nodirabegim");
- Barchinoy (U.Azim, B.Lutfullayev, "Quduq tubidagi faryod");
- Oyjamol (R.Maʼdiyev, B.Lutfullayev, "Taqdir");
- Umida (R.Maʼdiyev, F.Olimov, "Devona")
- Shirin (Xurshid, Yunus Rajabiy, "Farhod va Shirin") va boshqa boshqalar.
Diskografiyasi
tahrirYil | Nomi | Shoir | Bastarkor | Izoh |
---|---|---|---|---|
Samarqand Ushshogʻi | ||||
Fargʻona tong otguncha | ||||
Gar sogʻinsam | ||||
Boylandilar | ||||
Oʻzga yor yoʻqdir | ||||
Kechalar | ||||
Unutma | ||||
Ovoramiz | ||||
Holat | ||||
Tushimda koʻrsam edi | ||||
Sogʻindim | ||||
Yo Rab | ||||
Ey doʻst | ||||
Salomatlik kerak | ||||
Ey koʻngil | ||||
Alla | ||||
Ehtiyoj | ||||
Shahloga tushdi | ||||
Bibixonim | ||||
Hanuz | ||||
Boʻlmasa-boʻlmas | Gadoiy[1] |
U shuningdek, telenovella ("Izhor"da Zulayho), videofilm ("Yusuf va Zulayho"da Zulayho, "Koʻngil koʻchalari"da Unsin, "Qirq togʻoraning qirq nogʻorasi"da Bonu va boshqalar)larda ham suratga tushgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Ergash Ochilov. Umrboqiy qoʻshiqlar, 1-jild, Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2013-yil — 456-bet. ISBN 978-9943-00-878-6.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |