Zulayho Mahkamova
Zulayho Bahriddinovna Mahkamova – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi [1].
Zulayho Bahriddinovna Mahkamova | |
---|---|
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi | |
Mansab davri 2024-yil 21-noyabrdan | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1968-yil 28-avgust Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani |
Fuqaroligi | O'zbekiston |
Vebsayti | https://gov.uz/wcu |
Tarjimai holi
tahrir1968-yil 28-avgustda Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan.
Ta'lim
tahrir1975-yili Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 1-sonli maktabga o'qishga kirib, 1986-yilda a'lo baholar bilan o'qishni tamomlagan, shundan so'ng 1986-yili Namangan Davlat Pedagogika Institutini, Prezident huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan[2].
Mehnat faoliyati
tahrirMehnat faoliyatini 1989-yilda Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 1-maktab oʻqituvchisi sifatida boshlagan, 1998-yilga qadar xalq taʼlimi sohasida turli lavozimlarda mehnat qilgan (o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari, bo'lim mudirasi, katta o'qituvchi), 1998-2011-yillarda Yangiqoʻrgʻon tumani hokimining oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib saylanadi va keyinchalik xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimida, soʻngra Fermer va dehqon xoʻjaliklari uyushmasi Yangiqoʻrgʻon tuman vakilligi, Fermerlar uyushmasi Yangiqoʻrgʻon tumani fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatish markazi direktori, Yangiqoʻrgʻon tumani hokimining oʻrinbosari — xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. 2011-2017-yillarda Namangan viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi raisi, 2017-2018-yillarda viloyati hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishlagan[2]. Zulayho Mahkamova 2018-yil 24-apreldan Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlab kelgan va 2020-yildan 4-martdan boshlab Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi vazifasiga oʻtgan. U Oʻzbekistondagi beshinchi ayol hokim boʻldi.[3]
2022-yil 1-martdan Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi sifatida ishlab kelmoqda[1].
Oilasi
tahrirOilali, 2 nafar farzandi bor.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida“. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati (21/11/2024). Qaraldi: 18-avgust 2022-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „Zulayho Mahkamova Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi etib tayinlandi“ (2020-yil 4-mart). Qaraldi: 18-avgust 2022-yil.
- ↑ „Zulayho Mahkamova Toʻraqoʻrgʻon tumaniga hokim etib tayinlandi. U Oʻzbekistondagi beshinchi ayol hokim boʻldi“. daryo.uz. Qaraldi: 15-avgust 2022-yil.