Zulayho Saparova (1930.23.2, Toʻrtkoʻl) — qoraqalpoq raqqosasi. Oʻzbekiston xalq artisti (1969). 1954— 76 yillar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida yakkaxon raqqosa. 1976-yildan baletmeysterlik qilgan. "Tinchik kabutari", "Yurak torlari", "Namabasi", "Nozli" kabi qoraqalpoqcha, oʻzbekcha "Zang", "Lazgi", "Dildor", "Pilla", "Nozigim" kabi raqslari bilan tanilgan. Uning raqslari shoʻxchanligi, ayni paytda mayin va milliyligi, jozibadorligi bilan ajralib turgan. S, shuningdek, hind, turkman, tojik va boshqa xalqlar raqslarini ham mohirona ijro etgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1968).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil