Zulaym Ad-Dabusiy
hadisshunos
Zulaym ibn Hatit al-Jahzamiy Ad-Dabusiy (Abulg‘ushaym) (252-hijriy yil (milodiy 866-yil)da vafot etgan) — Dabusa ahlidan, Sunnadagi lozim amallarning ado etilishini doimo nazorat etuvchi arablardan bo‘lgan. Ahli sunnadan obro‘-eʼtiborli, ishonchli, saxovatpesha, fozil odam bo‘lgan. Ulamolardan hadis rivoyat qilgan. Iroqqa borgan va ko‘p hadislar yozgan. U ulamolardan, boshqalar esa undan hadis rivoyat qilganlar[1].
Zulaym Ad-Dabusiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 866-yil (hijriy 252-yil) |
Dini | Islom |
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 80-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |