Zulqofiyatayn (ar. ذوالقافيتين – ikki qofiyali) – qofiya bilan bogʻliq sheʼriy sanʼatlardan biri[1], ikki qofiyaga asoslangan sheʼriy sanʼat.

Bunda bir bayt tarkibida asosiy qofiyadan tashqari yana bitta qofiyadosh soʻzlar juftligi keltiriladi[2].

Zulqofiyatayn sheʼrning ifodaliligini oshirib, musiqiyligini kuchaytiradi. Shoirdan katta mahorat va sanʼatkorlikni talab qiladi. Alisher Navoiy sheʼriyatida bu badiiy sanʼatdan koʻp bilan foydalanilgan.

Lola qadahini toshqa urdung,

Jola guharini boshqa urdung.

(“Layli va Majnun” dostonidan)

Baʼzan zulqofiyataynda qofiyalar oʻrtasiga hojib tushib qolishi mumkin. Bunda u zulqofiyatayni mahjub deb ataladi. Oldingi soʻzda tajnis ishlatilsa hojibga, keyingi soʻzda qoʻllansa, radifga oʻxshab ketadi.

Hazin Farhod shugʻlin ayla shirin,

Ki tobqoysen nigori oʻyla Shirin.

(“Farhod va Shirin” dostonidan)

Bu yerda tajnis radif emas, qofiya boʻlib kelmoqda[3].

Manbalar

tahrir
  1. „Sheʼriy sanʼatlar necha turli?“. 2023-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-mart.
  2. D. Quronov va boshqalar. Adabiyotshunoslik lugʻati. 
  3. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. Sharq NMAK, 2016.