Zunayra al-Rumiya (arab. زنيرة الرومية, rimlik Zunayra) (baʼzi manbalarda Zinara yoki Zinayra nomlari bilan ham uchraydi, lekin Zunayra nomi bilan keng tarqalgan), Muhammad (s.a.v)ning ayol sahobiyalaridan biri boʻlgan. U Abu Bakr Siddiq ozod qilgan qullardan biri ham hisoblanadi.

Zunayra al-Rumiya
Tavalludi
Horisa bint al-Muammil[1]
Vafoti Hijoz
Ummu Ubays (singlisi)

Hayotlari

tahrir

Zunayra Banu Maxzumning urugʻiga tegishli kanizak boʻlgan. Soʻngra esa, Amr ibn Hishomning quli boʻlib xizmat qilgan[2].

U Makkada Islomni birinchi boʻlib qabul qilganlardan edi[3]. Islom dinini qabul qilganidan soʻng, Amr ibn Jahlning atrofidagi odamlar uni yangi dinidan voz kechishni soʻraganlar, ammo Zunayra oʻzinig qarorida sobit qolgan[4]. Amr ibn Hishom uning Islom dinga kirganini bilgach, uni juda qattiq kaltaklagan[2].

Abu Bakr Siddiq u bilan birgalikda yana bir qul Lubaynani sotib olgan, soʻngra esa ularni ozod qilgan[3].

Islom dinini qabul qilganidan soʻng Zunayraning koʻzlari koʻrmay qolgan. Buning natijasida Quraysh qabilasi „Al-Lot va Al-Uzzo u Islom diniga kirganilgi uchun uning koʻzlaridan nurni olib qoʻydi“ deya vaj keltirshgan[3][5]. Bunga nisbatan Zunayra: „Yoʻq, Allohga qasamki, sizlar yolgʻon gapiryabsizlar. Al-Lot yoki Al-Uzza na zarar, menga na shifo bera oladi va ular menga na azob bera olmaslar ham“ deya javob bergan[3][5].

Keyinroq uning koʻz nuri tiklangan, bu shifoni musulmonlar Alloh unga sinov berdi deb tushunganlar[3][5]. Ammo keyinroq bunga nisbatan ham Quraysh qabilasi: „Bu Muhammadning sehrlaridan bir qismidir“, deya vaj keltirganlar[3].

Shuningdek qarang

tahrir

Tashqi havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Zunaira, Haritha bint Al-Muammil“ (de). www.eslam.de. Qaraldi: 2017-yil 13-may.
  2. 2,0 2,1 Biodata at MuslimScholars.info „"The Life & Character of the Seal of the Prophets(saw) – Part 9".“ (2011-yil 17-avgust).
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 180-181. London: Ta-Ha Publishers.. 
  4. „"Khalifa Abu Bakr - Witness to Truth".,“. 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-may.
  5. 5,0 5,1 5,2 Muhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 144. Oxford: Oxford University Press..