Zurmat tumani
Zurmat (pushtucha: زرمت ولسوالۍ / forscha: ولسوالی زرمت) – Afgʻonistonning Paktiya viloyatidagi tuman. Tuman markazi – Zurmat boʻlib, Loya Paktia mintaqasining asosiy shaharlaridan biri.
Zurmat زرمت ولسوالۍ | |
---|---|
tuman | |
33°33′0″N 68°25′0″E / 33.55000°N 68.41667°E | |
Mamlakat | Afgʻoniston |
Aholisi | 86 609 |
|
Geografiyasi
tahrirZurmat tumani Logar, Ghazni va Paktika viloyatlari bilan chegaradosh. Tamir bozori – tumanning asosiy savdo markazi hisoblanadi. Zurmat geografik jihatdan Shah-i-Kot vodiysi va Arma togʻlarini oʻz ichiga oladi. Tumanda 63 yoki 64 ta maktab mavjud. Zurmat tumani aholisi elektr energiyasini „Afgʻoniston milliy elektr tarmogʻi“dan olmaydi. Mahaliy aholi odatda quyosh energiyasi va generatorlardan foydalanadi.
Demografiyasi
tahrirTuman aholisi 120 000 kishini tashkil qiladi. (CSO 2004). Manbalarga koʻra, pushtunlar umumiy aholining 99% ni, tojiklar esa 1% ni tashkil qiladi. Zurmatliklarning asosiy qismi Dubay, Saudiya Arabistoni, Qatar, Quvayt kabi arab davlatlarida mehnat qilishadi.
Tarixi
tahrirAfgʻonistondagi urushning (2001 – 2021) asosiy jangi boʻlgan Anakonda operatsiyasi 2002-yilda Zurmatda boʻlib oʻtgan. Urushning qolgan qismida Zurmat Tolibon isyonchilari va Haqqoniy tarmogʻining tayanchi boʻlib xizmat qilgan. 2019-yilda Tolibon ushbu tumanning 80 foizini nazorat qilgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ „One Land, Two Rules (8): Delivering public services in insurgency-affected insurgent-controlled Zurmat district“. Afghanistan Analysts Network - English (4-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 2-avgust 2020-yil.
Vikiomborda Zurmat tumani haqida turkum mavjud |