ZYUSS (Suess) Eduard (nemischa: Eduard Suess ; 1831.20.8, London — 1914.24.4, Vena) — avstriyalik geolog. Vena universitetida geologiya prof. (1857—1901). Vena FA prezidenti (1898—1911). Reyxstrat aʼzosi (1873-yil dan). Alp togʻlari, Lombardiya botiqligi, Apennin togʻlarining geologik tuzilishi va tektonikasini oʻrgangan. "Alp togʻlarining hosil boʻlishi" (1875) ilmiy asarida togʻliklarning hosil boʻlishi toʻgʻrisidagi fikrlarni kontraksiya nazariyasi asosida rivojlantirdi. 3 jildli "Lik Zemli" ("Yerning koʻrinishi"; 1883—1909) asarida 20-asr boshlarigacha turli mamlakatlarda olib borilgan barcha regional tadqiqotlarni toʻplagan va Yer poʻstiklt materik qismlaridagi tuzilishi va rivojlanishi toʻgʻrisidagi fikrlarni umumlashtirgan. 3. ning bu asari geol.ning turli sohalarini rivojlanishida muhim rol oʻynagan. 3. ning nazariy fikrlari hozirgacha geol. da saqlanib qolgan.[1]

Zyuss Eduard
Tavalludi 20-avgust 1831
Vafoti 26-aprel 1914
Fuqaroligi Avstriya imperiyasi va Avstriya-Vengriya imperiyasi

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil