Kuntugʻmish

oʻzbek xalq dostoni
("Kuntugʻmish"dan yoʻnaltirildi)

Kuntugʻmish — oʻzbek xalq dostoni. Nurmon Abdivoy oʻgʻli, Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Egamberdi Ollamurod oʻgʻli, Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli va boshqa baxshilardan yozib olingan. Ergash shoir va Bekmurod baxshi variantlari nashr etilgan (1971, 1975). 12-asrgacha Turkiston va Talas atrofida yashagan turk-oʻgʻiz qabilalarining turli vaql, afsova va tarixiy qoʻshiqlari zaminida, qadimiy oʻgʻiz epik anʼanalari asosida paydo boʻlgan. Dostonda noʻgʻaylar podshosi Avliyoyi Qoraxonning oʻgʻli bilan Zangar shahri vazirining qizi Xolbeka orasidagi sevgi hikoya etiladi. „Kuntugʻmish“ mukammal kompozitsion birlikka ega. Unda zulm va haqsizlik qoralangan, sevgi, vafo, sadoqat va adolat ulugʻlangan. „Kuntugʻmish“ning yozib olingan turli variantlari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti folklor arxivida saqlanadi. Doston „Bulbul taronalari“ (1972), „Oʻzbek xalq ijodi“ (1975) kabi toʻplamlarga kiritilgan. H.T.Zarifov, V.M.Jirmunskiy, M.Saidov, T.Mirzayev va boshqa tomonidan tadqiq qilingan.

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Mirzayev T., Xalq baxshilarining epik repertuari, Toshkent, 1979.