Çeşməbasar
Çeşməbasar (shuningdek, Cheshmabasar va Cheshmasara ) — Ozarbayjonning Naxchivonida joylashgan Babek tumanidagi qishloq va munitsipalitet. Naxchivon-Ordubad avtomobil yoʻlining chap tomonida, tuman markazidan 8km uzoqlikda, tekislikda joylashgan. Aholisi gʻallachilik va chorvachilik bilan shugʼullanadi. Qishloqda oʻrta maktab, klub, kutubxona, masjid bor. 909 nafar aholi istiqomat qiladi [1]
Çeşməbasar | |
---|---|
Munitsipalitet | |
39°7′44″N 45°31′0″E / 39.12889°N 45.51667°E | |
Aholisi (2005) |
909 |
Vaqt mintaqasi | UTCAZT |
|
Etimologiya
tahrirÇeşməbasar - Araz tekisligida joylashgan. 19-asr boshlariga qadar qishloq hududi Güznüt qishlog'ining ekin maydoni boʻlgan.Çeşməbasar (Cheshmabasar) "suv bilan qoplangan joy" degan ma'noni anglatadi. Mahalliy aholining aytishicha, qishloqning haqiqiy nomi Çeşməsara (Cheshmasara) boʻlgan. Çeşmə (buloq) va sara (to'r, toza) so'zlaridan yasalgan bu geografik nom "toza suv" ma'nosini bildiradi va o'tmishda uning atrofida karbonatli buloqlar koʻp boʻlganligi bilan izohlanadi. [2]
Mahalliy mashhurlar
tahrir- Fəttah Heydərov - Ozarbayjon parlamenti deputati, Ozarbayjon parlamenti mintaqaviy siyosat qo'mitasi raisi o'rinbosari .
- Kamaladdin Heydarov - Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-polkovnik, Taekvondo va boks federatsiyalari prezidenti, Butunjahon taekvondo federatsiyasi vitse-prezidenti.
- Tale Haydarov - "Yevropa-Ozarbayjon jamiyati" raisi va "Gabala" futbol klubi prezidenti.
Manbalar
tahrir- ↑ ANAS, Azerbaijan National Academy of Sciences. Nakhchivan Encyclopedia. Baku: ANAS, 2005 — 119-bet. ISBN 5-8066-1468-9.
- ↑ Encyclopedic dictionary of Azerbaijan toponyms. In two volumes. Volume I. p. 304. Baku: "East-West". 2007. ISBN 978-9952-34-155-3
- Çeşməbasar at GEOnet Names Server