General-polkovnik
General-polkovnik — generallar tarkibidagi harbiy unvon. Dunyoning bir qator davlatlarida amalda. Adliya xizmatidagi 1-darajali davlat adliya maslahatchisi unvoniga teng.
Oʻzbekistonda ushbu harbiy unvon Armiya generali unvonidan quyiroq, General-leytenant unvonidan yuqoriroq turadi. Bojxona, Ichki Ishlar Vazirligi (IIV), Davlat Xavfsizlik Xizmati (DXX), Milliy Gvardiya (MG) va Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi (FVV) xizmatidagilar uchun eng oliy harbiy unvon hisoblanadi[1].
- Oʻzbekistonda
- Rustam Ahmedov, Mudofaa vaziri (1992-1997)
- Hikmatilla Tursunov, Mudofaa vaziri (1997-2000)
- Rustam Inoyatov, Milliy xavfsizlik xizmati raisi (1995-2018)
- Toʻlqin Qosimov, Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari (2000-2003)
- Qobul Berdiyev, Mudofaa vaziri (2008-2017)
- Zokir Almatov, Ichki ishlar vaziri (1991-2006)
- Bahodir Toshmatov, Milliy gvardiya qoʻmondoni (2017-2020)
- Ozarbayjonda
- Ramil Usubov, Ichki ishlar vaziri (1994-yildan)
- Zokir Hasanov, Mudofaa vaziri (1994-yildan)
Manbalar
tahrir