İlmi Ümerov
Ushbu sahifani Ilmi Umerov bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
İlmi Rustem oğlu Ümerov (ukraincha: Ільмі́ Русте́мович Уме́ров; ruscha: Ильми́ Русте́мович Уме́ров; 1957-yil 3-avgust) — 2015-yildan beri Qrimtatar xalq majlisida deputat sifatida faoliyat yuritayotgan ukrain-qrimtatar siyosatchi. U 2002 — 2005-yillarda Qrimtatar oliy kengashi raisining oʻrinbosari, 2005 — 2014-yillarda Boqchasaroy munisipaliteti maʼmuriyati (administratsiya) boshligʻi va 1994 — 1997-yillarda Qrim bosh vazirining oʻrinbosari sifatida ishlagan.
İlmi Ümerov | |
---|---|
İlmi Ümerov. 2017-yil | |
Tavalludi |
İlmi Rustem oğlu Ümerov 3-avgust 1957-yil Oxunboboyev savxozi, Fargʻona viloyati, Toshloq tumani |
Fuqaroligi | Rossiya |
Taʼlimi | Andijon davlat tibbiyot instituti |
Kasbi |
1. Shifokor 2. Siyosatchi |
Faoliyat yillari |
1. 1980 — 1988 2. 1989 — hozigi vaqtgacha |
Hayoti va faoliyati
tahrirİlmi Rustem oğlu Ümerov 1957-yilning 3-avgust kuni Fargʻona viloyatining Toshloq tumanidagi Oxunboboyev sovxozida tugʻilgan. 1980-yilda Andijon davlat tibbiyot institutining tibbiyot ishi fakultetini bitirgan. Keyingi 8 yilda tibbiyot sohasida faoliyat yuritgan; 1980 — 1981-yillarda Fargʻonadagi tugʻruqxonada va 1981—1984-yillarda Margʻilondagi shifoxonada akusher-genikolog vazifasini oʻtagan. 1984—1986-yillarda Margʻilon ipakchilik kombinatining tibbiyot punktida va 1986-yildan 1988-yilgacha Krimsk tumani markaziy shifoxonasida anesteziolog vazifasini bajargan[1].
1888-yilda Ümerov Qrimtatar xalqi quvgʻin qilinishidan oldin oilasi yashagan Boqchasaroyga koʻchib oʻtgan. Elmaz VATning direktori boʻlishdan oldin 1990 – 1992-yillar oraligʻida Boqchasaroydagi Dosluk koperativida muhandislik qilgan. Almaz VATda 1994-yilgacha direktor sifatida faoliyat yuritgan[2].
Siyosiy faoliyati
tahrir1989-yilda İlmi Ümerov OKND (ruscha: Организация крымскотатарского национального движения)ga asos soldi. 2 yildan keyin u Qrimtatar Xalq Majlisiga aʻzo boʻldi. 1991 — 1994-yillarda Boqchasaroy Hududiy Majlisiga raislik qilgan. 1994 yilda u Qrim Oliy Radasining deputati etib saylangan, biroq o'sha yilning oktyabr oyida u o'z lavozimini tark etdi va Qrim Bosh vaziri o'rinbosari bo'ldi. Bu lavozimda 1997-yilgacha ishlagan. Keyinchalik, 1998-yilda Boqchasaroy Hududiy Majlisidagi raislik lavozimiga qaytgan va 2002-yilgacha faoliyat yuritgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Умеров Ильми“ (ru). LIGA (2022-yil 3-avgust). Qaraldi: 2023-yil 23-fevral.
- ↑ „Умеров Ильми Рустемович“ (ru). LB.ua (2017-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 23-fevral.