Andijon davlat tibbiyot instituti

Andijon davlat tibbiyot instituti – Andijon shahrida joylashgan viloyatdagi eng katta institutlardan biri hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufida shifokor kadrlarni yetishtirib chiqaradi. Institut 1955-yilda tashkil topgan. Hozirgi kunda institutda oʻn mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti
Xalqaro nomi
Andijan State Medical Institute (ASMI)
Turi institut
Asos solingan sanasi 1955-yil
Rektori Madazimov Madamin Mo'minovich
Talabalari 11536
Oʻqituvchilari 533
Joylashuvi
Andijon
,
Oʻzbekiston
Kampusi shaharda
Veb-sayti https://adti.uz/

Institut tarixi

tahrir

Andijon davlat tibbiyot instituti 1955-yil Andijon shahrida tashkil etilgan. Oʻsha davr uchun juda zarur va tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha Fargʻona vodiysida yagona oliy taʼlim muassasasi boʻlgani uchun institutni tez tiklash va faoliyatini yoʻlga qoʻyish borasida juda katta ishlar amalga oshrilgan. Oʻzbekiston Respublikasining tibbiyotchilari uchun oliy dargoh boʻlgan Andijon davlat tibbiyot instituti qad rostlashida Yusuf Otabekovich Otabekov, Rahim Muhammedovich Nurmuhammedov, Satqul Usmanovich Djumabayev kabi fidoiy insonlar, mahoratli shifokorlarning alohida xizmatlari bor. Uzoq yillik rivojlanish va taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan institutninng bugungi yutuqlari dunyo miqyosida alohida eʼtirof etilmoqda. Bugungi kunda institutda davolash, pediatriya, stomatologiya va farmatsiya fakultetlari hamda davolash ishi, pediatriya ishi, stomatologiya ishi, sanoat farmatsiyasi, xalq tabobati, tibbiy profilaktika ishi, oliy hamshiralik ishi va farmatsiya yoʻnalishlarida bakalavriyat hamda 29 ta mutahassislik yoʻnalishi boʻyicha magistrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetida vodiy viloyatlari shifokorlari uchun malaka oshirish kurslari yoʻlga qoʻyilgan.

Rahbariyat

tahrir
  1. Andijon davlat tibbiyot instituti rektori: Madazimov Madamin Muminovich
  2. Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor: Salaxidinov Sarvarjon Zaynabidinovich
  3. Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor: Abdullajanov Baxrom Rustamjanovich
  4. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor: Salaxidinov Kamoliddin Zuxriddinovich
  5. Moliya-iqtisodiyot ishlari boʻyicha prorektor: Mamajonov Zafar Abdujalilovich
  6. Axborot texnologiyalar boʻyicha prorektor: Johongirov Jovohirmirzo Akbarmirzo Oʼgʼli

Fakultetlar

tahrir
  1. Davolash fakulteti
  2. Pediatriya fakulteti
  3. Stomatologiya fakulteti
  4. Farmatsiya fakulteti
  5. Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti

Kafedralar

tahrir
  1. Normal fiziologiya
  2. Ichki kasalliklar propedevtikasi
  3. Davolash fakulteti uchun bolalar kasalliklari propedevtikasi
  4. Fakultet terapiya
  5. Gospital terapiya va endokrinologiya
  6. Oilaviy shifokorlar tayyorlash
  7. Ichki kasalaliklar
  8. Umumiy jarroxlik va trasplantologiya
  9. Jarroxlik kasalliklari
  10. Davolash fakulteti uchun pediatriya
  11. 2-akusherlik va ginekologiya
  12. Travmotologiya, ortopediya va neyrojarrohlik
  13. Psixiatriya, narkologiya, tibbiy psixologiya va psixoterapiya kursi bilan
  14. Anesteziologiya- reanimatologiya va tez tibbiy yordam
  15. Pediatriya kafedrasi
  16. Anatomiya va klinik anatomiya
  17. Ijtimoiy gigena va SSB
  18. Preventiv tibbiyot asoslari
  19. Bolalar kasalliklari propedevtikasi va poliklinik pediatriya
  20. Pediatriya fakulteti uchun ichki kasalliklar propedevikasi
  21. Fakultetpediatriya va neonatologiya
  22. Gospital pediatriya
  23. Dermatovenerologiya
  24. Bolalar jarrohligi
  25. 1-Akusher va ginekologiya
  26. Bolalar travmatologiyasi, ortopediyasi va neyrojarrohlik
  27. Oftalmologiya
  28. Yuqumli kasalliklar
  29. Jarrohlik kasalliklari va fuqarolar muxofazasi
  30. Xorijiy tillar
  31. Patologik fiziologiya
  32. Patologik anatomiya va sud tibbiyoti
  33. Bolalar stomatologiyasi
  34. Propedevtik stomatologiya
  35. Terapevtik stomatologiya
  36. Ortopedik stomatologiya va ortodontiya
  37. Jarroxlik stomatologiya
  38. Reabilitologiya, sport tibbiyoti, xalq tabobati va jismoniy tarbiya
  39. Otorinolaringologiya
  40. Nevrologiya
  41. Ftiziatriya va pulmonologiya, mikrobiologiya, immunologiya va virusologiya
  42. 1-fakultet va gospital jarrohlik
  43. Onkologiya
  44. Oʻzbek tili va adabiyoti, tillar
  45. Ijtimoiy – gumanitar fanlar
  46. Biologik fizika, informatika, tibbiy texnologiyalar
  47. Biologik kimyo
  48. Tibbiy kimyo
  49. Tibbiy biologiya va gistologiya
  50. 1-Farmasevtik fanlar
  51. 2- Farmasevtik fanlar
  52. Farmakologiya, klinik farmakologiya va tibbiyot biotexnologiyalar
  53. 2- Fakultet gospital jarrohlik
  54. Urologiya
  55. Tibbiy radiologiya
  56. Tibbiy profilaktika
  57. Ichki kasalliklar, kardiologiya, tez tibbiy yordam va xalq tabobati
  58. Pediatriya, ftiziatriya, yuqumli kasalliklar va dermatovenerologiya
  59. Neonatologiya, endokrinologiya, nevrologiya va psixiatriya
  60. Akusherlik-ginekologiya va onkologiya
  61. Umumiy xirurgiya, anestiziologiya-reanimatologiya va oftalmologiya
  62. Endoxirurgiya, endourologiya va stomatologiya
  63. Oilaviy shifokorlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash, sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat salomatligi
  64. Tibbiy radiologiya va klinik laborator diagnostika, sanitariya-gigiena, epidemiologiya
  65. Travmotologiya-ortopediya, neyroxirurgiya, otorinolaringologiya va bolalar anesteziologiya-reanimatologiya

Bakalavr yoʻnalishlari

tahrir
# Shifri Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60910200 Davolash ishi
2 60910300 Pediatriya ishi
3 60910100 Stomatologiya (yoʻnalishlar boʻyicha)
4 60910700 Farmatsiya (turlari boʻyicha)
5 60910800 Sanoat farmatsiyasi (turlari boʻyicha)
6 60910400 Tibbiy profilaktika ishi
7 60911100 Xalq tabobati
8 60911200 Oliy hamshiralik ishi

Magistratura yoʻnalishlari

tahrir
1. 70910101 Stomatologiya (yoʻnalishlar boʻyicha)
2. 70910201 Akusherlik va ginekologiya
3. 70910202 Endokrinologiya
4. 70910203 Terapiya (yoʻnalishlar boʻyicha)
5. 70910204 Otorinolaringologiya
6. 70910205 Kardiologiya
7. 70910206 Oftalmologiya
8. 70910207 Yuqumli kasalliklar (yoʻnalishlar boʻyicha)
9. 70910208 Dermatovenerologiya
10. 70910209 Nevrologiya
11. 70910210 Umumiy onkologiya
12. 70910211 Psixiatriya
13. 70910212 Xirurgiya (yoʻnalishlar boʻyicha)
14. 70910213 Tashxisning instrumental va funksional usullari (yoʻnalishlar boʻyicha)
15. 70910214 Neyroxirurgiya
16. 70910215 Sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat sogʻligʻini saqlash (yoʻnalishlar boʻyicha)
17. 70910217 Urologiya
18. 70910218 Morfologiya (odam anatomiyasi, gistologiya, sitologiya va embriologiya)
19. 70910220 Anesteziologiya va reanimatologiya
20. 70910221 Travmatologiya va ortopediya
21. 70910222 Sud-tibbiyot ekspertizasi
22. 70910227 Tibbiy radiologiya
23. 70910228 Ftiziatriya
24. 70910301 Pediatriya (yoʻnalishlar boʻyicha)
25. 70910302 Bolalar xirurgiyasi
26. 70910303 Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi
27. 70910304 Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi
28. 70910305 Bolalar nevrologiyasi
29. 70910306 Neonatologiya
30. 70910401 Gigiyena (yoʻnalishlar boʻyicha)
31. 70910402 Atrof-muhit va inson salomatligi
32. 70910601 Laboratoriya ishi
33. 70910701 Farmasevtik kimyo va farmakognoziya

Institut rektorlari

tahrir

1955-1963 Usmon Alimovich Alimov

1963-1981 Yusuf Otabekovich Otabekov

1981-1988 Rahim Muhammedovich Nurmuhammedov

1988-1997 Satqul Usmanovich Djumabayev

1997-2010 Mamazoir Ahmedovich Xoʻjamberdiyev

2010-2014 Alisher Qayumovich Shodmanov

2014-2015 Ibroxim Inamovich Alimdjanov

2015-2017 Abdushukur Abdujamilevich Sadikov

2017 – h.v. Madamin Moʻminovich Madazimov

Institut sobiq talabalari orasidan yetishib chiqqan akademiklar

tahrir

Institut sobiq talabalari orasidan yetishib chiqqan sogʻliqni saqlash vazirlari va vazir oʻrinbosarlari

tahrir

Institut sobiq talabalari orasidan yetishib chiqqan Oʻzbekiston Qahramonlari

tahrir

Oʻquv ishlari

tahrir

Institutda 61 ta kafedra mavjud boʻlib, ularning umumiy shtatida 865 nafar professor oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda, shundan 50 nafari fan doktori, 210 nafari fan nomzodi. Institut boʻyicha ilmiy salohiyat 31.7 % ni tashkil etadi.

Institutda 5 ta fakultet davolash, pediatriya, stomatologiya, farmatsiya va vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, 8 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari davolash ishi, pediatriya ishi, stomatologiya ishi, sanoat farmatsiyasi, xalq tabobati, tibbiy profilaktika ishi, oliy hamshiralik ishi va farmatsiya yoʻnalishlari, 29 ta magistratura mutaxassisliklarida oʻquv jarayoni tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ 2909 sonli qaroriga asosan 2019-2020 oʻquv yilidan magistraturaga 2 ta yangi mutaxassislik yoʻnalishlari tashkil etildi:

  • 5A 510102 Endokrinologiya,
  • 5 A 510126 Farmakologiya.

Xorijiy yoʻnalish va qoʻshma dasturlar

tahrir

2024/2025 oʻquv yilida davolash ishi yoʻnalishi boʻyicha 500 nafar Xorijiy fuqarolar (Hindiston, Pokiston, Janubiy Koreya) ni qabul qilish rejalashtirilgan. Rossiya Federatsiyasi Dogʻiston davlat meditsina universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan stomatologiya yoʻnalishiga 51 nafar talaba qabul qilindi. Rossiya Federatsiyasining N. N. Burdenko nomli milliy tibbiyot neyroxirurgiya markazi bilan ADTI klinikasi qoshida qoʻshma oʻquv-amaliy metodik markaz tashkil etilgan va faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda institutda 774 nafar xorijiy fuqarolar taxsil olmoqda. Ular Hindiston, Pokiston, Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Afgʻoniston, Janubiy Koreya va Qozogʻiston Respublikasi fuqarolari xisoblanadi. 2019/2020 oʻquv yiliga institutda mavjud 7 ta taʼlim yoʻnalishlari (davolash, pediatriya, stomatologiya, kasb taʼlimi, oliy hamshiralik ishi, tibbiy profilaktika ishi, farmatsiya) boʻyicha namunaviy oʻquv reja asosida oʻquv jadvali hamda ishchi oʻquv rejalar ishlab chiqilgan va institut markaziy uslubiy xay’atida koʻrib chiqilib tasdiqlangan. Institutdagi mavjud 61 ta kafedra professor oʻqituvchilari tomonidan barcha taʼlim yoʻnalishlari va kurslari uchun namunaviy fan dasturlari asosida ilgʻor xorijiy tajribalardan foydalangan holda 521 ta ishchi oʻquv fan dasturlari hamda oʻquv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan hamda fakultetlar kengashi, institut markaziy uslubiy hay’atida koʻrib chiqilib tasdiqlangan.

Hamkorlari

tahrir

Institut dunyoning 70 ta nufuzli oliy taʼlim muassasalari va tibbiyot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. 2023-yilning oʻzida institut rahbariyati tomonidan 15 ta hamkorlik shartnomalari imzolandi. Rossiya Federatsiyasining 22 ta oliy taʼlim muassasalari va tibbiy markazlari bilan hamkorlik shartnomasi mavjud. Institutda hamkorlik shartnomalar doirasida OTM Kengashlar zalida nufuzli xorijiy OTMlari bilan distansion taʼlim oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan. 2023-2024 oʻquv yilida nufuzli xorijiy OTMlari (Rossiya Federatsiyasining Pirogov nomidagi Rossiya Milliy tadqiqot tibbiyot universiteti, N. N. Burdenko nomidagi milliy ilmiy tekshirish neyrojarrohlik markazi, N. N. Bloxin nomidagi onkologiya ilmiy tekshirish markazi, Dogʻiston davlat tibbiyot universiteti, Janubiy Koreya Respublikasining Yonsey universiteti, Slovakiya davlatining Koshitsa universiteti va boshqa) professor-oʻqituvchilari tomonidan 30 dan ortiq distansion maʼruza, master klasslar oʻtkazilgan.

Elektron resurslari

tahrir

barcha fanlar boʻyicha elektron video va audiomaʼruzalar – 536 ta; klinik fanlardan elektron farmakologik bloknot- 236 ta; fanlar boʻyicha amaliy koʻnikmalarni bexato bajarish boʻyicha Autokurslar. ARM da professor-oʻqituvchilar va talabalarni darsdan boʻsh vaqtlarida oʻquv, ilmiy, badiiy adabiyotlar bilan tanishishlari, mutolaa qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, ARM qoshida mini tipografiya faoliyat olib bormoqda. Axborot texnologiyalari markazi qoshida tashkil etilgan MEDIA MARKAZ institut talaba, magistr va ordinatorlari uchun AUDIO, VIDEO maʼruzalar, VIDEO DARSLARni taqdim etib kelmoqda. Media markaz bazasi institutning yetakchi professor oʻqituvchilari tomonidan boyitib kelinmoqda. ATM ning kompyuter zalida institutning professor oʻqituvchilari, talaba, magistrlar, ordinatorlar va ilmiy izlanuvchilar uchun 60 dona kompyuterlar xizmat koʻrsatadi. Bundan tashqari institut statik adresi orqali dunyoni eng nufuzli maʼlumotlar bazasi xisoblangan WEB OF SCIENCE, SCOPUS kabi veb saytlar bilan aloqalar oʻrnatilgan.

ATM tomonidan oʻqitishni yangi bosqichga oʻtkazish maqsadida yaratilgan MOODLE tizimi tashkil etilgan boʻlib, MOODLE tizimidan barcha professor oʻqituvchilar va talabalar roʻyxatdan oʻtkazilgan va muntazam foydalanib kelinmoqda.

GEOTAR – Media nashriyoti bilan institut oʻrtasida oʻzaro xamkorlik bitimi imzolangan va mazkur bitimga binoan 2018-2019-yillarda chop etilgan 46 434 748,80 soʻmlik 121 nomda 142 nusxada oʻquv adabiyotlar olib kelindi.[1]

Ilmiy-tadqiqot ishlari

tahrir

Institutda 61 ta kafedra mavjud boʻlib, asosiy stavkada ishlaydigan professor-oʻqituvchilarning umumiy soni 865 nafar, ulardan 50 nafari fan doktorlari, 210 nafari fan nomzodlari. Ilmiy salohiyat 31,7 % tashkil etadi. Institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, taʼlim, fan va davolash muassasalari bilan innovatsion korporativ hamkorlikni samarali tashkil etish uchun, Fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yoʻlga qoʻyish maqsadida institut rektorini buyrugʻiga binoan innovatsion markaz va uning qoshida 4 ta innovatsion guruh tashkil qilingan. Institutning ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan loyxalarni ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ilmiy tekshirish ishlarni eksperimentlari uchun vivarium mavjud. Institut olimlari quyidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar: Asosiy yurak qon tomir tizimida uchraydigan hastaliklarni zamonaviy va innovatsion texnologiyalar yordamidagi tashxisi, davolashning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish, profilaktikasi. Fargʻona vodiysi aholisi orasida surunkali noinfeksion kasalliklarning epidemiologiyasini oʻrganish, tashxis, davolash va profilaktikasining samarali usul va vositalarini yaratish. Homilada, chakaloqlarda, har hil yoshdagi bolalarda hamda katta yoshdagi odamlarning ichki aʼzolarini anatomo-topografik va gistologik hususiyatlarini yoshga qarab oʻzgarishlarini oʻrganish, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni jismoniy taraqqiy etish hususiyatlarini oʻrganish. Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish va yaxshilash boʻyicha Fargʻona vodiysining hududiy, mintaqaviy hususiyatlarini xisobga olgan xolda ilmiy izlanishlarni olib borish va ularni amalga oshirish. Jarroxlik kasalliklarinitashxis usullarini mukamallashtirish, davolash natijalarini yaxshilash va asoratlarini oldini olish. Jarroxlikda texnologiyalarni koʻllashni joriy etish. Fargʻona vodiysi mintaqasida virusli gepatitlar, oʻtkir ichak kasalliklari, OIV-infeksiyasi va OITSni klinik-immunologik hususiyatlari, kechishi, ularni davolash va oldini olish choralarini takomillashtirish. Travmatologik, ortopedik kasalliklar, umurtqa pogʻonasi va orqamiya patologiyasini oʻrganish, innovatsion texnologiyalar yordamidagitashxisi, davolashning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotgazamonaviy texnologiyalarni joriy etish. Onkologik kasalliklar profilaktikasi, erta tashxislash, davolashda yangi yukori texnologik usullarni koʻllash. Fargʻona vodiysining aholisini salomatlik koʻrsatkichlarini aniqlash, tashki muhit taʼsirini oʻrganish. Mustaqillik yillarida institut olimlari tomonidan 93 ta monografiya, 1080 ta Oʻzbekiston ilmiy jurnallarda, 842 ta xorijiy ilmiy jurnallarda maqolalar chop ettirilgan, 305 ta patent olingan, 1920 ta ratsionalizatorlik takliflari, 2075 ta amaliyotga tadbiq etilgan ishlar tayyorlandi, 317 ta ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazildi. Aynan shu yillar davomida institut 61 nafar tibbiyot fanlari doktori, 152 nafar tibbiyot fanlari nomzodlari, 4 nafar fan doktori (DSc) va 20 nafar falsafa doktorlari (PhD) tayyorlandi.[2]

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir