Šumbark
Šumbark (polyakcha: Szumbark, nemischa: Schumbarg ) — Chexiya Respublikasining, Moraviya-Sileziya viloyati, Karvina tumanida joylashgan qishloq. Qishloq oʻzi alohida avtonom munitsipalitet sifatida boshqarilgan, 1955-yilda Havířov shahri tashkil etiladi va 1960-yilda boshlab munitsipalitet shahar tarkibiga kiritilgan. Unda (2020-yil) holatiga koʻra 17,082 nafar aholi istiqomat qiladi. Munitsipalitet Cieszyn Sileziyianing tarixiy hududida joylashgan.
Munitsipalitet avval qishloq boʻlgan, keyinchalik kommunistik davrda yangi Gavířov shahrining tashkil etish vaqtida keng imkonyatli koʻp qavatli uylar va aholi turar joylari tashkil etilgandan soʻng munitsipalitet Šumbark shaharchasiga aylantiriladi. Šumbark aholisining aksariyati yangi barpo etilgan koʻp qavatli uylarda istiqomat qilsa-da, lekin baʼzi eski uylar hali hanuzgacha saqlanib qolgan.
Etimologiyasi
tahrirMunitsipalitet nomining kelib chiqishi (Schönberg, nemischada: goʻzal tepalik) degan manoni anglatadi va keyinchalik muntsipal polonizatsiya qilingan[1].
Tarixi
tahrirMunitsipalitet birinchi boʻlib 1430-yildagi yozma manbalarda Schomberg nomi bilan kelgan[1][2]. 1290-yilda Teschen gersogligi Polshaning feodal boʻlinishi natijasida tashkil topgan boʻlib, Piast sulolasining mahalliy hukumati tomonidan boshqarilgan. 1327-yilda gersoglik Bohemiya qiroligining bir qismiga aylanadi, lekin 1526-yildan soʻng Habsburg monarxiyasi tarkibiga kiritilgan. 1955-yil 18-dekabrda yangi Gavířov shahri uchun Šumbarkdan 53 gektar yer ajratib olinib shahar hududiga qoʻshib olinadi.
1540-yildan soʻng Teschen hokimyatida Protestant islohotlari hukmronlik qiladi va mahalliy katolik cherkovni Lutterlar tomonidan bosib olinadi. Cherkov (mintaqadagi ellikka yaqin binolardan biri sifatida) maxsus komissiya tomonidan tan olinadi va 1654-yil 25-martda Rim-katolik cherkovlar tarkibiga qaytariladi [3]. Munitsipalitetda 1841-1845-yillarda qurilgan Anna cherkovi tarixiy obida sifatida saqlanib qolgan.
Avstriya imperiyasida 1848-yilgi inqiloblardan soʻng qayta tiklanish natijasida Avstriya Sileziyasida zamonaviy munitsipal boʻlinma joriy etiladi. Munitsipalitetda shaharcha sifatida 1880-yilda Avstiya Sileziya siyosiy va huquqiy okrug tashkil etiladi. 1880, 1890, 1900 va 1910-yillarda oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, munitsipalitet aholisi 1880-yilda 744 kishidan 1910-yilda 1380 kishiga koʻpaygan. 1880-yilda aholining aksariyati chex tilida (94,6%), undan keyin nemis (23 yoki 3,1%) va polyak (17 yoki 2,3%) tillarida muloqot qilishi aniqlangan. Keyingi aholini roʻyxatga olishda koʻpchiligi polyak tilida soʻzlashuvchilar soni (1890-yilda 98,9% dan 1910-yilda 93,7% gacha kamaygan), Kam sonli insonlar chex tilida (1890-yilda 3 kishi yoki 0,3% dan 1910-yilda 64 kishi yoki 4,9% gacha oʻsgan) va nemis tilida soʻzlashayotganini eʼlon qildi. 1890-yilda 0,8% dan 19 ga yoki 1910-yilda 1,4%) ga koʻpaygan. 1910-yilda diniy nuqtai nazardan koʻpchilik aholi protestantlar (50,4%), Rim-katoliklari (47,9%), yahudiylar (22 yoki 1,6%) va boshqa dinga eʼtiqod qiluvchilar 2 kishini tashkil etgan[4]. Munitsipalitetda anʼanaviy ravishda Cieszyn Silezya tilida gapiradigan Silezya Lachslari ham yashagan.
Munitsipalitet Birinchi jahon urushi, Avstriya-Vengriyaning qulashi, Polsha-Chexoslovakiya urushi va 1920-yildagi Syezin-Sileziyaning boʻlinishidan soʻng u Chexoslovakiya tarkibiga kiradi. Myunxen kelishuvidan soʻng, 1938-yil oktyabr oyida Zaolzie mintaqasi bilan birga Polsha tomonidan qoʻshib olinadi va maʼmuriy jihatdan Silezian Voivodeligining Cieszyn okrugiga qoʻshiladi[5]. Keyinchalik Ikkinchi Jahon urushi boshida Germaniya fashistlari tomonidan bosib olinib, urushdan keyin Chexoslovakiyaga tarkibiga qaytarilgan.
Transporti
tahrir1911-yilda Ostraudan Teschengacha boʻlgan temir yoʻlda poezd stantsiyasi ochiladi va bu munitsipalitetning 1920-yillarda sanoatlashtirishga olib keladi. Havířov poezd stantsiyasi Šumbark va Město tumanlari chegarasida joylashgan. Bu yerda RegioJet kompaniyasining S9 va R61 Český Těšín — Ostrava-Svinov (Opava Východ) poyezdlari va RJ Koshice — Žilina — Třinec — Gavířov — Praga poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
Taniqli odamlar
tahrirFrantišek Chlebus (1847-1916), siyosatchi, Moraviya viloyati deputati[6].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Mrózek, Robert. Nazwy miejscowe dawnego Śląska Cieszyńskiego (pl). Katowice: Uniwersytet Śląski w Katowicach, 1984 — 171–172-bet.
- ↑ Panic, Idzi. Śląsk Cieszyński w średniowieczu (do 1528) (pl). Cieszyn: Starostwo Powiatowe w Cieszynie, 2010 — 306-bet. ISBN 978-83-926929-3-5.
- ↑ Broda, Jan „Materiały do dziejów Kościoła ewangelickiego w Księstwie Cieszyńskim i Państwie Pszczyńskim w XVI i XVII wieku“, . Z historii Kościoła ewangelickiego na Śląsku Cieszyńskim (pl). Katowice: Dom Wydawniczy i Księgarski „Didache“, 1992 — 259–260-bet. ISBN 83-85572-00-7.
- ↑ Piątkowski, Kazimierz. Stosunki narodowościowe w Księstwie Cieszyńskiem (pl). Cieszyn: Macierz Szkolna Księstwa Cieszyńskiego, 1918 — 263, 281-bet.
- ↑ „Ustawa z dnia 27 października 1938 r. o podziale administracyjnym i tymczasowej organizacji administracji na obszarze Ziem Odzyskanych Śląska Cieszyńskiego“. Dziennik Ustaw Śląskich (polyakcha). nr 18/1938, poz. 35-jild. Katowice. 31 October 1938. Qaraldi: 1 July 2014.
- ↑ „Šumbark“. cs.wikipedia.or. Qaraldi: 4-may 2024-yil.
Havolalar
tahrir- Zahradnik, Stanisław. Struktura narodowościowa Zaolzia na podstawie spisów ludności 1880-1991. Trzyniec: HT, 1991. OCLC 189422554.