Životice (Havířov)
Životice — Chexiya Respublikasining, Moraviya-Sileziya viloyati, Karvina tumanida joylashgan munitsipalitet. 1955-yilda Havířov shahri tashkil etiladi va 1960-yildan boshlab munitsipalitet shahar tarkibiga kiritilgan. 2020-yil 1-yanvar holatiga koʻra shahar aholisi 1,339 kishini tashkil etgan[1]. Munitsipalitet Cieszyn Sileziyianing tarixiy hududida joylashgan. Shahar nomi Żywot ismidan olingan[2].
Tarixi
tahrirMunitsipalitet nomi 1450-yilgi manbalarda Zibotikze nomi bilan keladi[2][3]. Siyosiy jihatdan shahar Teschen Dukligiga tegishli boʻlgan va 1526-yildan keyin Habsburg monarxiyasining bir qismiga aylangan.
Avstriya imperiyasida 1848-yilgi inqiloblardan keyin qayta tiklangan Avstriyalik Silsiyada zamonaviy kommunal boʻlinma joriy etildi. Qishloq shaharcha sifatida Cieszynning siyosiy va huquqiy hududlarinini oʻz ichiga olgan. 1880, 1890, 1900 va 1910-yillarda aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra shahar aholisi, 1880-yilda 606 nafardan, 1910-yilda 383 nafarga kamaydi. Shahar aholisining aksariyati polshalik mahalliy tilda soʻzlovchilar (1880-yilda 97,1% dan 1910-yilda 99,3% gacha oʻsdi) boʻlib, nemischa soʻzlaydigan aholisi (2,6%1900-yilda) bilan birga chexiyaliklar ham (1,6% 1880-yilda) boʻlgan. 1910-yil maʼlumotlariga koʻra aksariyat aholisi yaʼni Protestanlar (55,5%), Rim katoliklari (43,3%) va Yahudiylik (1,2%) kabi dinlarga eʼtiqod etishgan[4]. Shaharchada mahalliy Silessiyalik Lachslar istiqomat qilib, ular Silessiya tilida Cieszyn dialektida muloqot qilishardi.
Shaharcha Birinchi jahon urushi, Avstriya-Macsariya, Polsha-Chexoslovakiya urushlari va 1920-yilda Cieszyn Silesia boʻlinishidan soʻng, Chexoslovakiya tarkibiga kiritildi. Munchen kelishuvidan soʻng, 1938-yil oktyabr oyida Zaolzie mintaqasini Polsha oʻz tarkibiga qoʻshib oldi va maʼmuriy jihatdan Siles Voivodligi Sieszyn Countyga qoʻshildi[5]. Keyinchalik Ikkinchi jahon urushi boshida fashistlar tomonidan bosib olindi. Urush tugagandan soʻng yana Chexoslovakiya tarkibiga qaytarildi.
Ommaviy qirgʻin
tahrirZaolzie fojiasi Ikkinchi Jahon urushidagi eng katta fashistlar urushi-Jivotsise qirgʻini nomi bilan mashhur. 1944-yil 6-avgustda Jivotse va qoʻshni qishloqlarning 36 nafar aholisi otib oʻldirildi. Bu raqam shaharni Ikkinchi Jahon urushi paytida Cieszyn Silesiadagi eng yirik ommaviy qirgʻinga aylantirdi. Va Životice „Sileziya Lidice“ laqabini oldi.
4-5-avgust kunlari J. Kamiński boshchiligida Polsha qarshilik boʻlinmasi Armia Krajowa aʼzolari Gestapo Teschen qoʻmondonligining ikkita ofitserini va haydovchini oʻldirgan. U yerda boʻlgan uy hizmatkori va bir jangchisi ham oʻldirildi. Gerillalar oilasini qidirish muvaffaqiyatsiz kechdi va shu sababli Gestapo qishloq aholisini oʻldirishga qaror qildi.
6-avgust yakshanba kuni erta tongda Životice nemis armiyasi va Landwache tomonidan oʻrab olindi. Aholi orasida nemis sifatida roʻyxatdan oʻtishdan va " Volksliste " ga kirishdan bosh tortganlarga qarshi choralar koʻrilgan va bosh tortganlar uchun allaqachon hujjatlar orqali ularni roʻyhatdan oʻtkazib qoʻyishgan. Teschen va Kattovitsdan kelgan Landvache va Gestapo zobitlari qishloqni talon-taroj qilishdi, aholini uylaridan sudrab chiqarishdi va ularni otib tashlashdi. Baʼzi odamlar oʻz imkoniyatlarini ishga solib, qochishga harakat qilishdi, ammo urinishlari samarasiz boʻldi va halok boʻlishdi. Qishloq aholisidan tashqari, qishloqdan oʻtayotgan asosan, tungi smenadan qaytayotgan koʻmir konchilari, Volksliste hujjatini taqdim eta olmagan boshqa odamlar ham oʻldirildi. Bu qirgʻin Gestaponing Teschen shtab-kvartirasi qoʻmondoni Q.Magvits tomonidan boshqarilgan va qarshilik koʻrsatishda ishtirok etmagan tinch aholini nishonga olgan. Biroq, Magvits va boshqa jinoyatchilar ham qilgan ishlari uchun javob berishmagan yaʼni sudlanmagan yoki jazolanmagan.
Qirgʻinda jami 36 kishi oʻldirildi. Ularning yigirma yetti nafarida etnik polyaklar, sakkiz nafar chexlar, bittasi uchinchi sinf „Volksdeutscher“ sifatida roʻyxatdan oʻtgan. 24 nafar qurbon Životice, 6 nafari Horní Suchá, 4 nafari Dolní Bludovice, 1 nafari Dolní Suchá va 1 nafari Dolní Těrlicko va 1 nafari Shenov xalqlaridan boʻlgan. Eng yosh qurbon oʻn olti yoshda, eng keksasi oltmish yoshda boʻlgan. Qirgʻin tugagach, jasadlar yuk mashinalariga yuklab Orlovadagi qadimgi yahudiy qabristonasiga olib ketildi va u yerda ularni umumiy qabrga vaqtinchalik koʻmishgan. Keyinchalik nemis hukumati oʻlim roʻyxatida „yurak yetishmasligi“ va „yurak infarkti“ kasalliklarini oʻlim sabablari qilib koʻrsatishgan. Urush tugaganidan keyin jasadlar Orlovadan Životicega koʻchirildi. 1949-yil 25-sentabrda Karvinada joylashgan polshalik haykaltarosh Franciszek Swider tomonidan qirgʻin qurbonlarini xotirlash uchun yodgorlik barpo qilindi. 1984-yilda yodgorlik yonida 1938—1944-yillarda Cieszyn Sileziyada qirgʻin harakati koʻrgazmasini oʻtkazish uchun yangi bino ochildi. Yodgorlik nemis bosqinining barcha qurbonlariga bagʻishlangan boʻlib, mahalliy aholining azob-uqubatlarini xotirlaydi. Bu qirgʻin Żywocice fojiasi — polyak tilida Tragedia Żywocicka yoki chex tilida esa Životická tragédie deb nomlangan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Statistics of Havířov
- ↑ 2,0 2,1 Mrózek, Robert. Nazwy miejscowe dawnego Śląska Cieszyńskiego (pl). Katowice: Uniwersytet Śląski w Katowicach, 1984 — 200-bet.
- ↑ Panic, Idzi. Śląsk Cieszyński w średniowieczu (do 1528) (pl). Cieszyn: Starostwo Powiatowe w Cieszynie, 2010 — 313-bet. ISBN 978-83-926929-3-5.
- ↑ Piątkowski, Kazimierz. Stosunki narodowościowe w Księstwie Cieszyńskiem (pl). Cieszyn: Macierz Szkolna Księstwa Cieszyńskiego, 1918 — 266, 284-bet.
- ↑ „Ustawa z dnia 27 października 1938 r. o podziale administracyjnym i tymczasowej organizacji administracji na obszarze Ziem Odzyskanych Śląska Cieszyńskiego“. Dziennik Ustaw Śląskich (polyakcha). 18/1938, poz. 35-jild. Katowice. 31 October 1938. Qaraldi: 1 July 2014.
Vikiomborda Životice (Havířov) haqida turkum mavjud |
Adabiyotlar
tahrir- Borák, Mečislav. Svědectví ze Životic: Těšínsko za druhé světové války a okolnosti životické tragédie. Český Těšín: Muzeum Těšínska, 1999. ISBN 80-902355-5-7.
- Zahradnik, Stanisław. Korzenie Zaolzia. Warszawa - Praga - Trzyniec: PAI-press, 1992. OCLC 177389723.
- Zahradnik, Stanisław. Struktura narodowościowa Zaolzia na podstawie spisów ludności 1880-1991. Trzyniec: HT, 1991. OCLC 189422554.