" Tazkira-yi avliyo " — Ushbu asar Farididdin Attorning forscha „Tazkiratu-l-avliyo“ asaridan turkiy tilga tarjima qilingan. Asarning uygʻur va arab yozuvli qoʻlyozma nusxalari bor. Uygʻur yozuvli nusxasi „Meʼrojnoma“ bilan bir qoʻlyozmada Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanmoqda.

„Tazkira-yi avliyo“ qoʻlyozmaning 13b-151a sahifalarida, matn oxirida kitobning koʻchirilgan sanasi (taʼrix)bitilgan. Unga koʻra, qoʻlyozmani 1436-yili Hirotda Abu Malik baxshi koʻchirgan: Emdi tazkirada bitilgän maqāyih avliyālarnïŋ hikāyat sözläri tügätildi. Tarix sekiz yüz qïrqta at yïl jumadu-l-axira aynïŋ onïda Haruda Abu Malik baxqï bitidim. Asarning arab yozuvli qoʻlyozmalaridan biri Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasida saqlanmoqda. Toshkentda Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida ham asarning arab yozuvli nusxasi bor.


Manbalar

tahrir

[1][2]

  1. СУЙИМА ҒАНИЕВА, ҚОСИМЖОН СОДИҚОВ. ЁЗУВ ТАРИХИ ВА КИТОБАТ САНЪАТИ, Toshkent 2013 — 106-bet. 
  2. Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. Тошкент, 2006., 2006.