1999
(1999 -yildan yoʻnaltirildi)
1999-yil — XX asrning 99-yili.[1]
Ming yilliklar: | 2-mingyillik |
---|---|
Asrlar: | |
Oʻn yilliklar: | |
Yillar: |
Oʻzbekistonda
tahrir"Ayollar yili"
- 13-yanvar. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita tashkil etildi.
- Yanvar — „Oʻzbekiston tarixi“ jurnalining 1-soni chiqdi.
- Yanvar — Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida „Kosonsoy-Tekmen“ Oʻzbekiston — Turkiya toʻqimachilik qoʻshma korxonasi foydalanishga topshirildi.
- Yanvar — Xorazm viloyatida shoir va mutafakkir Pahlavon Mahmudning 750 yilligi keng nishonlandi.
- 4-fevral — „Fidokor“ gazetasi chop etila boshladi.
- 6-fevral — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida“ qaror qabul qildi.
- 16-fevral — Toshkent shahrida terrorchi kuchlar siyosiy va diniy ekstremistlar tomonidan uyushtirilgan terrorchilik harakati oqibatida 16 nafar inson oʻldirildi, 120 kishi tan jarohati oldi.
- 18-fevral — „Oilada, davlat va jamiyat qurilishida ayollarning rolini kuchaytirish, ularni xuquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari“ davlat dasturi ishlab chiqildi.
- 26-fevral — Prezident farmoni bilan „Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisida“gi Nizom tasdiqlandi.
- Fevral — Toshkentda Oʻzbekiston tarixchilari jamiyati tashkil etildi.
- 2-mart — 9-may Xotira va qadrlash kuni deb eʼlon qilindi.
- 15-mart — Ibn Sino xalqaro jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.
- 21-mart — Samarqand shahrida rus va oʻzbek tillaridagi haftalik „Darakchi“ gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
- 30-mart — „Interkontinental“ mehmonxonasi har yili oʻtkaziladigan Yevropa „Interkontinental“ otellari koʻrik tanlovida birinchilikni oldi.
- Mart — „SamKochAvto“ qoʻshma korxonasida shaharlararo va shahar ichida qatnashga moʻljallangan dastlabki avtobuslar ishlab chiqarildi.
- Mart. „Teatr“ oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
- 7-aprel — Toshkent islom universiteti tashkil etildi.
- 14—15-aprel — 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 15-sessiyasida „Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida“ (yangi tahrirda), „Oʻrmon toʻgʻrisida“, „Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida“, „Xotinqizlarga qoʻshimcha imtiyozlar berish toʻgʻrisida“ qonunlar qabul qilindi.
- 23-aprel — Toshkentda Maʼrifatchilar jamiyatining taʼsis majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda jamiyat Nizomi tasdiqlandi.
- Aprel — Brisben (Avstraliya)da oʻtkazilgan Xalqaro „Gran pri“ turnirida oʻzbek karatechilari 25 ta medalni qoʻlga kiritdilar, ulardan 14 tasi oltin medallardir.
- 1-2-may — Toshkentda kurash boʻyicha birinchi jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Unda jahonning 48 ta mamlakatidan sportchilar qatnashdi.
- 9-may — Oʻzbekiston Respublikasida birinchi bor 9-may Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlandi. Toshkentda Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida „Xotira va qadrlash maydoni“ barpo etildi.
- 17-may — Toshkent — Samarqand yoʻnalishida elektrpoyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
- 17-may — Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi qurilishida uni umumiy temir yoʻl tarmogʻi bilan ulaydigan uzunligi 20 km boʻlgan Jiyron—Shoʻrtan temir yoʻl tarmogʻi foydalanishga topshirildi.
- 27-may — Navoiy viloyati Navoiy shahri tarkibida Karmana tumani tashkil etildi.
- May — Navoiy viloyatida Navbahor gidrouzeli foydalanishga topshirildi.
- 10-iyun — Zulfiya nomidagi davlat mukofoti taʼsis etildi.
- Iyun — Navoiy shahrida oʻt oʻchiruvchi mashinalarni yigʻish boʻyicha Oʻzbekiston—Ukraina qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
- 1-iyul — Oʻzbekiston bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim ratifikatsiya qilindi.
- 19-20-iyul — Toshkentda Afgʻoniston muammosini hal etish boʻyicha „6+2“ guruhining BMT homiyligidagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda tarixiy Toshkent deklaratsiyasi kabul qilindi.
- Iyul — Andijon viloyatining Marhamat tumanida Oʻzbekiston—Rossiya „Ekomevalar“ qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsata boshladi.
- Iyul — Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan „Ilyushin Il-114“ samolyoti Toshkent—Nukus, Toshkent—Fargʻona yoʻnalishlari boʻyicha doimiy parvozlarni amalga oshira boshladi.
- 7-avgust — Toshkentda Maʼnaviyat va maʼrifat respublika kengashining taʼsis konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
- 18-avgust — Vazirlar Mahkamasining Yevropa — Osiyo transkontinental avtomagistralini loyihalash ishlari boʻyicha qarori chiqdi.
- 19-20-avgust — 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 15-sessiyasida „Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida“, „Turizm toʻgʻrisida“, „Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida“ qonunlar qabul qilindi.
- 26-avgust — Samarqandda „Sharq taronalari“ ikkinchi xalqaro musiqa festivali ochildi.
- Avgust — Fargʻona tumanida pillani qayta ishlaydigan Vodil pillakashlik fabrikasining birinchi navbati ishga tushdi.
- 20—21-sentyabr — Toshkentda „Buyuk ipak yoʻli“ni tiklash boʻyicha xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda Oʻrta Osiyo mamlakatlaridan tashqari Xitoy, Turkiya, Gruziya, Ozarbayjon, Suriya va boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilot vakillari qatnashdilar.
- 21-sentyabr — Shahidlar xotirasi xayriya jamgʻarmasi tuzildi.
- 27-sentyabr — Toshkentda Amerikaning „Motorola“ kompaniyasi vakolatxonasi va radiostansiyalar ishlab chiqaradigan „Oʻzbekiston—Motorola—Telekom—Radio“ qoʻshma korxonasining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
- 12-oktyabr — „Oltin meros“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi tuzildi.
- 23—30-oktyabr — Toshkentda boks boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazildi. Unda 20 mamlakatdan 210 sportchi qatnashdi.
- 26-oktyabr — „Sharq ayoli“ xalqaro ayollar jamgʻarmasi tuzildi.
- Oktabr — Samarqanddagi „SamKochAvto“ Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasi ishlab chiqarayotgan avtobuslarning dastlabki turkumi eksportga joʻnatildi.
- Oktabr — Toshkentda Respublika „Toshkent“ fond birjasi bilan Frankfurt fond birjasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va hamjihatlik memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
- Oktabr — Nukusda Onkologiya ilmiy markazi ochildi.
- Oktabr — Andijon viloyatining Shahrixon tumanida „Anteks“ ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati toʻqimachilik korxonasi ishga tushirildi. Oktabr — „Kurash“ jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
- 5-noyabr — Xorazmda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi keng nishonlandi.
- 6-noyabr — Termiz shahrida „Alpomish“ dostonining 1000-yilligiga bagʻishlangan bayram tantanalari boʻlib oʻtdi.
- 1-dekabr — Toshkentda „Kabul—Oʻzbek Ko“ Oʻzbekiston—Koreya toʻqimachilik qoʻshma korxonasi ishlab chiqarish majmuining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
- 5 va 19-dekabr — Barcha viloyat, tuman va shaharlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va mahalliy Kengashlar deputatligiga erkin demokratik saylovlar boʻlib oʻtdi.
- 17-dekabr — Qoraqalpogʻistonda 115 km uzunlikdagi Miskin — Sulton Uvays magistralida temir yoʻl izlarini tutashtirish ishlari nihoyasiga yetkazildi.
- 17-dekabr — Xorazmda oʻzbek shoiri, tarixchi Ogahiyning 190 yilligi nishonlandi.
- 18-dekabr — Nukusda Ajiniyoz Koʻsiboy oʻgʻli tavalludining 175 yilligi nishonlandi.
- 29-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Termiz shahrining 2500-yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida“gi qarori chiqdi.
- 1999 — Toshkentda „Toshkent-plaza“ xalqaro savdo koʻrgazma majmuasi bunyod etildi.
- 1999 — Oʻzbekiston isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tuzildi.
Voqealar
tahrirYana qarang: Turkum:1999-yil voqealari
- Bolgariya NATOning Yugoslaviyaga qarshi harbiy harakatini qoʻllab-quvvatladi. Bolgariya hukumati NATOga kirishga tayyor ekanligini bildirdi.
- mart — Gʻarb davlatlari Kosovo hududida tinchlik oʻrnatish uchun u yerga NATO qoʻshinlarini olib kirishni talab qilib chiqdi. Yugoslaviya prezidenti Slobadan Miloshevich bunga rozi boʻlmadi va natijada NATO Serbiyaga qarshi yirik harbiy-havo operatsiyalarini boshlab yubordi.
- mart — Rossiya Davlat Dumasida yana impichment haqidagi masala koʻyildi va prezident Boris Yeltsin qonunchilik yoʻli bilan hokimiyatdan chetlashtirishdan kutulishga muvaffak boʻldi.
- aprel-may — Hindiston va Pokistonda yadro quroli sinovi oʻtkazildi.
- 1-2-may — Toshkentda kurash boʻyicha birinchi jahon chempionata boʻlib oʻtdi. Unda jahonning 48 ta mamlakatidan sportchilar qatnashdi. Buxorolik Akobir Qurbonov, Kamol Murodov va boshqa oʻzbek kurashchilari dastlabki jahon chempionlari boʻlishdi.
- 19-may-14-avgust — Sergey Stepashin Rossiya Federatsiyasi xukumati raisi etib tayinlandi.
- 19-20-iyul — Toshkentda Afg'oniston muammosini xal etish boʻyicha „6+2“ guruhining BMT homiyligidagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda tarixiy Toshkent Deklaratsiyasi qabul qilindi.
- sentyabr — Kosovo xududiga NATO qoʻshini kiritildi.
- oktyabr — Indoneziyada harbiy toʻntarish yuz berdi. Mamlakatda umumxalq saylovi boʻldi. Demokratiyani tiklash toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qilindi. Musulmon diniy partiyasi gʻalaba qildi.
- 1-yanvar — Yevro naqdsiz muomalaga kiritildi.
- 24-mart — Serbiyaga qarshi NATO operatsiyasi (1999).
- 20-aprel — AQSHdagi maktablardan birida otishma yuz berdi.
- 17-avgust — Pokrishkin Aleksandr Ivanovich nomidagi harbiy bilim yurti tugatildi.
- sentyabr — Moskvadagi kvartira majmuasi bombalari; Rossiya hukumati bayonotiga koʻra, huruj oqibatida jami 293 kishi halok boʻlgan.
- 28-dekabr — Saparmurot Niyozov Turkmanistonga umrbod prezident deb eʼlon qilindi.
- 31-dekabr — Rossiya Prezidenti Boris Yeltsin isteʼfoga chiqdi.
Vafot etgan
tahrirYana qarang: Turkum:1999-yilda vafot etganlar
- 5-fevral — Wassily Leontief, iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati (1973).
- 26-fevral — Stasis Anglitskis, litvalik shoir
- 11-mart — Herbert Yasper, kanadalik nevropsixologi.
- 21-avgust — Venya Dirkin (Aleksandr Litvinov), rossiyalik shoir, musiqach.
- 24-avgust — Ilya Tyurin, rossiyalik shoir, faylasuf, rok-musiqachi.
- 8-noyabr — Yuriy Malishev, rossiyalik kosmonavt.
- Georgiy Brim
- Ibrohim Hamroyev
- Gerhard Herzberg
- Nabijon Mingboyev
- Yormuhammad Muborakov
- Muslimgauze
- Vali Nabiyevich Nabiyev
- Daniel Nathans
- Glenn T. Seaborg
- Oyimxon Shomurotova
- Anatoliy Solovyanenko
Nobel mukofoti laureatlari
tahrir- Fizika — Gerardus 't Hooft va Martinus Veltman
- Kimyo — Ahmed Zewail
- Fiziologiya va tibbiyot — Günter Blobel
- Iqtisodiyot — Robert Mundell
- Adabiyot — Günter Grass
- Tinchlik — Médecins Sans Frontières
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |