2012-yil fenomeni esxatologik fenomen boʻlib, 2012-yil 21-dekabr kuni kataklizm yoki keskin oʻzgarishlar sodir boʻlishiga ishonchlarda namoyon boʻladi.[1][2][3] Ushbu sana Maya taqvimida „4-Ajau, Tunning 9-ilohi, 3-Kank’in, 1-Kaban yil“ nomi bilan atalib, 5125 yillik sikl oxiri sifatida belgilangan.[4] Bu sanaga turli astronomik tizilish va numerologik formulalar aloqador qilib koʻrsatiladi, biroq ularning hech biri akademik fan tomonidan qabul etilmagan.

Maya taqvimi

New Age harakati tafsiriga koʻra 2012-yil 21-dekabridan boshlab Yer va uning aholisi fizik yoki ruhiy transformatsiyani boshidan kechirishi mumkin.[5] Boshqalarning fikricha bu kuni dunyo yakuni yoki shunga oʻxshash halokat roʻy beradi. Ehtimoliy ssenariylarga Quyosh maksimumi, Yer va ulkan qora tuynuk oʻzaro taʼsiri[6] yoki Yer va Nibiru nomli gipotetik sayyora toʻqnashuvi kiradi.

Turli sohalar olimlari bu farazlarni asossiz, deb baholashadi. Mayashunos tarixchilar Maya solnomalarida qiyomat haqida eslatilmagan, deyishadi.[3][7][8] Astronomlar va boshqa olimlar bu farazlarni soxta fan, deb rad etishadi.[9]

Manbalar

tahrir
  1. Robert K. Sitler (2006). „The 2012 Phenomenon: New Age Appropriation of an Ancient Mayan Calendar“. Novo Religio: the Journal of Alternative and Emergent Religions. 9-jild, № 3. Berkeley: University of California Press. 24–38-bet. doi:10.1525/nr.2006.9.3.024. ISSN 1092-6690. OCLC 357082680. {{cite magazine}}: Unknown parameter |month= ignored (yordam)
  2. Sacha Defesche. „'The 2012 Phenomenon': A historical and typological approach to a modern apocalyptic mythology.“. skepsis (2007). Qaraldi: 29-aprel 2011-yil.
  3. 3,0 3,1 G. Jeffrey MacDonald.. „Does Maya calendar predict 2012 apocalypse?“. USA Today (27-mart 2007-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2009-yil.
  4. 2012 Maya Calendar Mystery and Math, Surviving Yucatan
  5. Benjamin Anastas (1-iyul 2007-yil). „The Final Days“ (reproduced online, at KSU). The New York Times Magazine. New York: The New York Times Company. Section 6, p.48-bet. Qaraldi: 18-may 2009-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  6. „2012: Shadow of the Dark Rift“. NASA (2011). Qaraldi: 28-oktabr 2012-yil.
  7. David Stuart, The Order of Days: The Maya World and the Truth about 2012, Harmony Books, 2011
  8. David Webster. „The Uses and Abuses of the Ancient Maya“ (PDF). The Emergence of the Modern World Conference, Otzenhausen, Germany: Penn State University (25-sentabr 2007-yil). 2009-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktabr 2009-yil. „arxiv nusxasi“. 2012-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-dekabr.
  9. „2012: Beginning of the End or Why the World Won't End?“. NASA (2009). 2011-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2011-yil.

Havolalar

tahrir