Suzish 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida – ayollar oʻrtasida marafon 10 km

2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 10 kmga marafon suzish musobaqasi 2024-yilning 8-avgust sanasida Sena daryosida boʻlib oʻtgan[1]. Bu musobaqalar 2008-yildan buyon oʻtkazib kelinmoqda.

Ayollar oʻrtasida marafon
XXXIII Olimpiada oʻyinlarida
ArenaSena daryosi
Sanalar8-avgust 2024
Ishtirokchilar24
Medalchilar
1st Sharon van Rouwendaal  Niderlandiya
2nd Moesha Johnson  Avstraliya
3rd Ginevra Taddeucci  Italiya
← 2020
2028 →

Saralash

tahrir

Erkaklar va ayollar oʻrtasida 10 km masofaga marafon suzish bahslarida 22 nafar suzuvchi ishtirok etgan, bu Tokio-2020 roʻyxatidagidan 3 taga kamroqdir[2][3][4]. Ular quyidagicha saralangan:

  • 3: Yaponiyaning Fukuoka shahrida boʻlib oʻtgan 2023-yilda suv sporti boʻyicha jahon chempionatida 10 km masofaga suzish boʻyicha uchta medal sohibi
  • 13: Qatarning Doha shahrida boʻlib oʻtgan suv sporti boʻyicha 2024-yilgi jahon chempionatida saralash uchun kurashayotgan eng yaxshi oʻn uchta suzuvchi
  • 5: har bir FINA qitʼasidan (Afrika, Amerika, Osiyo, Yevropa va Okeaniya) bittadan vakil.
  • 1: mezbon davlatdan (Fransiya), agar boshqa yoʼnalishlar boʻyicha ishtirok etmayotgan boʻlsa. Agar bir nechta fransuz suzuvchilari toʻgʻridan-toʻgʻri saralashdan oʻtsa, ularning oʻrinlari 2024-yilgi Jahon suv sporti chempionatida eng yuqori reytingni qoʻlga kiritgan suzuvchilar oʻrtasida qayta taqsimlanadi.

Musobaqa formati

tahrir

Hovuzdagi barcha suzish musobaqalaridan farqli oʻlaroq, erkaklar va ayollar oʻrtasida 10 kmga marafon suzish bahslari ochiq suv inshootida oʻtkaziladi. Dastlabki saralash oʻyinlar oʻtkazilmaydi, faqat bitta mass-start musobaqasi boʻladi. Marafon erkin uslubda suzish boʻyicha oʻtkaziladi, alohida qoidalar mavjud emas[5].

Jadval

tahrir

Barcha vaqtlar Markaziy Yevropa vaqti (UTC+1) bilan berilgan

Sana Vaqt Bahslar
8-avgust 2024 7:30 Final

Natijalar

tahrir
Oʻrni Suzuvchi Millat Vaqt Izohlar
  Sharon van Rouwendaal   Niderlandiya 2:03:34.2
  Moesha Johnson   Avstraliya 2:03:39.7
  Ginevra Taddeucci   Italiya 2:03:42.8
4 Ana Marcela Cunha   Braziliya 2:04:15.7
5 Bettina Fabian   Vengriya 2:04:16.9
6 Giulia Gabbrielleschi   Italiya 2:04:17.9
7 Océane Cassignol   Fransiya 2:06:06.9
8 Caroline Laure Jouisse   Fransiya 2:06:11.0
9 Leonie Beck   Germaniya 2:06:13.4
10 Ángela Martínez   Ispaniya 2:06:15.3
11 Viviane Jungblut   Braziliya 2:06:15.8
12 Angelica Andre   Portugaliya 2:06:17.0
13 Airi Ebina   Yaponiya 2:06:17.7
14 Chelsea Gubecka   Avstraliya 2:06:17.8
15 Katie Grimes   AQSh 2:06:29.6
16 Mariah Denigan   AQSh 2:06:42.9
17 María de Valdés   Ispaniya 2:07:02.4
18 Lisa Pou   Monako 2:07:05.4
19 Martha Sandoval   Meksika 2:07:24.9
20 Leah Phoebe Crisp   Buyuk Britaniya 2:07:46.7
21 María Bramont-Arias   Peru 2:12:44.7
22 Leonie Märtens   Germaniya 2:15:57.3
23 Emma Finlin   Kanada 2:22:06.5
24 Xin Xin   Xitoy 2:27:02.9

Manbalar

tahrir