23-avenyu
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
40°44′29.611073436855″N 73°59′22.464949168498″W / 40.74155863151023738°N 73.98957359699124936°W
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | AQSh |
Hudud | New York |
Shahar | Manhattan |
Uzunligi | 3.1 km |
Avtobuslar | M23, BM1, BM2, BM3, BM4, X27, X37, X28, X38, BxM18, SIM1C, SIM3C, SIM4C SIM33C, SIM10, SIM3, SIM31, QM21, X63, X64 |
Koʻchada joylashgan binolar | Flatiron Building, MetLife Tower, One Madison |
23-avenyu (koʻcha) (inglizcha: 23rd Street) — New Yorkning Midtown Manhattan okrugidagi ikki tomonlama koʻcha. Orolni sharqdan gʻarbga kesib oʻtuvchi asosiy magistral yoʻllardan biri. Koʻcha gʻarbdagi Oʻn birinchi avenyudan sharqdagi FDR magistraligacha davom etadi.
23-avenyu 1811-yilda Manhattanni rivojlantirish boʻyicha keng qamrovli reja qabul qilinganidan keyin paydo boʻldi[1]. Unda mashhur mehmonxonalar, jumladan, Fifth Avenue, shuningdek, koʻplab teatrlar qad rostlagan. Bundan tashqari, koʻchada 2013-yilda qurilgan Flatiron Building, MetLife Tower va One Madison kabi tarixiy osmonoʻpar binolar joylashgan.
Joylashuvi
tahrirManhattandagi boshqa raqamlangan koʻchalar singari 23-koʻcha ham 5-avenyu tomonidan gʻarbiy va sharqiy qismlarga boʻlingan. Bu qismlarning har ikkisi Flatiron hududining bir qismi boʻlgan Madison maydonida joylashgan. 6-avenyudan boshlanib, gʻarbiy 23-koʻcha bloki orqali oʻtadi. Sharqda Lexington avenyusidan boshlanib, koʻcha shimolda Kips koʻrfazi va janubda Gramerci va Piter Cooper Village chegaralari boʻylab oʻtadi[2].
Tarixi
tahrirKoʻchaning qurilishi 1811-yilda qabul qilingan Manhattanni rivojlantirish rejasi asosida boshlangan. Uning kengligi 100 fut (taxminan 30 metr) qilib belgilangan[1]. Keyinchalik, 1847-yilda ushbu hududda maydoni 3 gektar boʻlgan Madison square garden tashkil etilgan[3].
Infratuzilma
tahrirXIX asrning oʻrtalariga kelib koʻcha hozirgi Gudzon Yards 30 va 32-koʻchalar hamda undan pastdagi koʻchalar orasidagi poyezd stansiyasini bogʻlaydigan keng transport tarmogʻining bir qismiga aylangan. Oʻsha vaqtlarda tez-tez sodir boʻlib turgan parovozlarning bugʻ qozoni portlashi xavfi tufayli 30-koʻchadan pastda harakatlanish taʼqiqlangan, shuning uchun ham yoʻlovchilar New York shahri va uning shimolidagi shaharlar oʻrtasida qatnovchi poyezdlarda stansiyaga borishgan va undan keyin koʻnka (ot qoʻshib yuriladigan vagon)ga oʻtishga majbur boʻlishgan. Koʻnka bekatlari asosan 23, 14, Christopher va Chambers koʻchalarida joylashgan edi[3].
Shuningdek, 1870-yillarda Oltinchi avenyu boʻylab estakadali temir yoʻl yotqizilgan[4], bu mahalliy doʻkonlarga mijozlar oqimini sezilarli darajada oshirgan[3]. 23-koʻchada 1880-yilda Ikkinchi avenyu[5], 1878-yilda Uchinchi avenyu[6] va 1867-yilda Toʻqqizinchi avenyu boʻylab bekatlari boʻlgan uzun yoʻnalishlar yotqizilgan[7]. XX asrning oʻrtalariga kelib parallell ravishda yer osti metro yoʻnalishlari qurilgach, ularning barchasi buzib tashlangan[8]. Hozirda koʻchada beshta metro bekati bor[9].
1869-yilda Hudson qirgʻogʻida Pavonia Ferry kompaniyasining parom terminali ochilgan. Uning paromlari Manhattan[10] roʻparasida joylashgan Jersey-City shahriga joʻnab ketish moʻljallangan. XX asrning boshlariga kelib paromlar juda eski holatga kelib qolgan[11] va 1942-yilda terminalning oʻzi buzib tashlangan[12].
Tarixiy arxitektura
tahrir1825-yil 1-yanvarda 22 va 23-koʻchalar orasida joylashgan sobiq federal arsenal binosida (hozirgi Brodveyning bir qismi) New York voyaga yetmaganlar qamoqxonasi sanalgan Bloomingdale Road ochildi. U sud tomonidan nomaʼlum muddatga hukm qilingan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan edi. Dastlabki 10 yil davomida 1120 nafar bola mazkur qamoqxonada saqlangan[3]. 1854-yilda qamoqxona New Yorkning East Riveridagi Randall’s oroliga koʻchirilgan[13].
Taxminan 1860-yilga kelib New York irlandlari negrlarni Five Points hududidan haydab chiqarishdi va qora tanlilar Manhattan boʻylab joylashishga majbur boʻlishdi. Shunday qilib, janubdan 23-ko‘cha, shimoldan 40-ko‘cha va sharqdan Oltinchi avenyu bilan chegaralangan blok bir yarim ming qora tanlilarning boshpanasiga aylandi[3].
Qora tanlilar oqimi koʻchada zamonaviy binolar qad rostlashiga toʻsqinlik qilmagan. 1845-yilda 23 va 24-koʻchalar hamda Toʻqqizinchi va Oʻninchi avenyular bilan chegaralangan joyda oʻz davrining atoqli meʼmori Alexandr Jekson Devis loyihasi boʻyicha toʻrt qavatli London Terrace turar-joy majmuasi barpo etilgan. Qurilish vaqtida u dunyodagi eng yirik turar-joy majmuasiga aylangan[14]. 1930-yilda London Terrace qayta qurilgan: bu joyda 16-18 qavatli 14 ta bino barpo qilinib, jami 1670 xonadonga moʻljallangan[15].
1849-yilda Lexington prospekti bilan kesishgan joyda, shahar referendumi natijalariga koʻra, New York shahar kollejining gotika uslubidagi binosi qurilgan (meʼmori — James Ranwik)[3]. 1928-yilda bino buzib tashlangan[16].
1857-yilda Beshinchi avenyu bilan kesishgan koʻchaning bir qismini sotib olgan savdogar Aymosom Ano 1859-yilda u ushbu hududda hashamatli mehomonxona qurdirgan[17][3]. 6 qavatli, 800 mehmonni qabul qilish uchun moʻljallangan mehmonxona oʻsha davrlar uchun dunyodagi eng kattasi edi[15]. Mehmonxona Respublikachilar partiyasining shtab-kvartirasi boʻlib xizmat qilgan va prezidentlar Ulysses Grant[18] va Chester Arthur u yerda boʻlishgan[19]. 1860-yilda Uels valiahd shahzodasi Edvard VIIning mehmonxonaga tashrifi uning atrofidagi hududning tijorat jozibadorligini sezilarli darajada oshirdi. 14 va 23-koʻchalar, Oltinchi avenyu va Brodvey oʻrtasidagi boʻlim tez orada Lady’s Mile deb nomlandi[4]. 1908-yilda mehmonxona buzib tashlandi va uning oʻrniga Xalqro oʻyinchoqlar markazi ochildi[20].
Koʻchada 1884-yilda barpo etilgan yana bir mashhur mehmonxona Chelsea deb nomlangan[15].
1863-yilda koʻchaning Toʻrtinchi avenyu bilan kesishgan joyida Milliy dizayn akademiyasi binosi (meʼmori — chikagolik Peter Bonnet) qurilgan. Venetsiyadagi Dojlar saroyiga oʻxshatib qurilgan[15] bu bino yarim asrga bormay yaroqsiz holatga kelib qolgan. XX asrning boshlarida bu joyda MetLife Tower osmonoʻpar binosi qurilgan[21].
1878-yilda katta savdogar Stern Brothers Beshinchi va Oltinchi avenyular oʻrtasida hajmi jihatidan oʻsha davr uchun aql bovar qilmas sanalgan ombor qurdirgan[3]. Uning loyihasi arxitektor Henry Pherenbah tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, 7 qavatli va kengligi 200 fut (taxminan 60 metr)ni tashkil qilgan. Ombor New Yorkdagi eng yirik quyma temir uylardan biriga aylangan[22].
Teatrlar
tahrirKoʻchaning Brodveyga yaqinligi bu yerda XIX asrning oxiriga kelib koʻplab teatrlarning paydo boʻlishida qoʻl kelgan. 1868-yilda Sakkizinchi avenyu bilan kesishgan joyda bir necha million dollarlik Grand Opera House teatri qurilgan. 1938-yilda RKO Pictures kinokompaniyasi uni kinoteatrga aylantirgan. Biroq mazkur kinoteatr 1960-yilda Penn-Saut turar-joy majmuasini qurish dasturining bir qismi sifatida butunlay buzib tashlangan. 1869-yilda Oltinchi avenyu bilan kesishgan joyda Booth’s Theatre ochilgan. Yaxshi rivojlanmagan tijoriy faoliyat ortidan 1881-yilda u qurilishi narxining yarmiga sotib yuborilgan va keyinchalik omborga aylantirilgan[23]. 1888-yilda impresario F.F Proktor va Sakkizinchi avenyu oʻrtasida oʻz teatrini ochgan. Uning ishga tushirilishida elektr yoritgichi va fonograf kabi oʻsha davr uchun katta yangilik hisoblangan uskunalardan foydalanilgan. 1907-yilda teatr kinoteatrga aylantirilgan, oradan 30 yil oʻtib yongʻin natijasida vayronaga aylangan.
-
East River
-
23-avenyu. 1901-yil
-
23-avenyuda joylashgan yer osti yoʻliga tushish
1966-yil 17-oktyabrda Sharqiy 22-koʻchada joylashgan 7-binoning yertoʻlasida yongʻin sodir boʻlgan. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar Sharqiy 23-ko‘chadagi 6-bino orqali alanga o‘chogʻiga borishga harakat qilishgan. Oʻsha paytda 6-binoning yogʻoch pollari bilan birga 12 nafar oʻt oʻchiruvchi pastga qulab tushgan. Hodisa 2001-yil 11-sentyabr voqealariga qadar New-York oʻt oʻchiruvchilari orasida qurbonlar soni boʻyicha eng kattasi boʻlib qolgan[24].
2016-yil 17-sentyabr kuni G‘arbiy 23-ko‘chada Oltinchi avenyu chorrahasi yaqinida portlash sodir bo‘lib, 29 kishi jarohatlangan[25]. Afg‘onistonda tug‘ilgan 28 yoshli fuqaro terrorchilik harakatini sodir etishda gumonlanib, qo‘lga olingan[26].
Qurilish
tahrir23-koʻchaning asosiy xususiyatlaridan biri unda 1902-yilda qurilgan dunyoga mashhur 22 qavatli Flatiron binosi qad rostlaganidir. U 22 va 23-koʻchalar, Brodvey va Beshinchi avenyu chorrahalaridan tashkil topgan kichik hududda joylashgan[27][17].
Gʻarbiy 23-koʻcha
tahrirGʻarbiy 23-koʻchaning Chelsea mehmonhonasi boʻylab oʻtadigan qismida koʻplab sanʼat galereyalari[28] va bir nechta teatrlar joylashgan[29]. Oʻninchi avenyudan unchalik uzoq boʻlmagan joyda sobiq estakadali temir yoʻl oʻrnida qurilgan High Line Park koʻchani kesib oʻtadi.
Mashhur binolar:
- 71 — Manhattan mason ibodatxonasi 1913-yil[30].
- 123 — Cherkov 1869-yil qurilgan va 2013-yildan beri yopilgan[31][32].
- 222 — Chelsiea mehmonxonasi.
- 236 — Emuna Isroil ibodatxonasi (inglizcha: Emunath Israel) 1860-yil[33].
- 405-475 — London Terrace turar-joy majmuasi .
- 517 — HL23, 14 qavatli turar-joy binosi 2011-yil.
West Side avtomagistrali va 23-koʻchaning gʻarbiy burchagi oraligʻida Chelsea suv parki joylashgan[34]. Uning maydoni 1 gektarni tashkil qiladi. Parkda itlar sayr qilish maydoni, bolalar maydonchasi va basketbol maydonlari mavjud[35].
Sharqiy 23-koʻcha
tahrirKoʻchaning bu qismining ustun xususiyatlaridan biri unda 1909-yilda Beshinchi avenyu bilan kesishgan joyda qurilgan 213 metrli MetLife minorasining joylashganligidir. Toʻrt yil davomida, 1913-yilda Wulwort binosi qurilgunga qadar, u dunyodagi eng baland sunʼiy inshoot sanalgan[36]. Koʻchadagi yana bir osmonoʻpar bino — 188 metrli Uan-Medisson 2013-yilda qurib bitkazilgan. Mediamagnat Rupert Merdok uning 4 qavatini 57 million dollarga sotib olgan[37].
Birinchi avenyu bilan kesishgan 423-uyda Sogʻliqni saqlash markazi faxriylar bilan ishlash boʻlimining katta kampusi joylashgan. Uchinchi darajali profilaktika dasturiga ega bu binoda jarrohlik, kardiologik, urologik va psixiatriya boʻlimlari mavjud boʻlib, ularda turli xil tadqiqotlar olib borilmoqda[38].
FDR avtomagistrali bilan chorrahadan unchalik uzoq boʻlmagan joyda, koʻchaning sharqiy qismi oxirida yana bir sogʻlomlashtirish markazi — Acer Lewi umumiy hammomi qurilgan.
Bu yerda XX asr boshlarida qurilgan hammomlar dastlab shaharga birinchi boʻlib kirib kelgan yahudiy muhojirlari nomi bilan atalgan[39][3]. 1980-yilda hammomlar Milliy tarixiy joylar reestriga kiritilgan[40].
2002-yilda Sharqiy daryo qirgʻogʻi boʻylab 18 va 23-koʻchalar oʻrtasida sobiq sement zavodi va avtoturargoh oʻrnida maydoni 8000 m² boʻlgan Stuyvesant Cove Park qurilgan[41]. Koʻchaning sharqiy tomoniga qarama-qarshi tomonda Gidroaeroport joylashgan boʻlib, u yerdan boshqa mahalliy dengiz portlariga parvozlar amalga oshirilgan[42].
-
Grand Opera House. 1937-yil.
-
Booth Teatri
-
Proctor’s Teatri. 1893-yil.
Iqtisodiyot
tahrir23-koʻcha tarixan shaharning moda markazlaridan biri boʻlgan va koʻchada hozirda ham koʻplab kiyim-kechak doʻkonlari mavjud[43][44][45]. Koʻchada doʻkonlari boʻlgan yirik chakana savdo tarmoqlari orasida Best Buy va The Home Depotlar ham bor[46].
23-koʻchada joylashgan restoranlar, kafelar, tez ovqatlanish shoxobchalari va boshqa ovqatlanish korxonalari asosan ofis xodimlariga moʻljallangan boʻlib, ushbu muassasalarning koʻpchiligi umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatadi. Koʻchadagi restoranlar tomonidan taqdim etiladigan milliy taomlar orasida tay, italyan, ispan va fransuz taomlari mavjud[47].
Koʻcha nufuzli hududlardan oʻtadi, bu esa unda joylashgan koʻchmas mulklarning moddiy qiymatiga sezilarli taʼsir qiladi. 2017-yil mart oyida Park va Lexington avenyulari orasidagi 230m² ofis maydoni ijarasi yiliga 240 000 dollarga yetgan[48], Gramersidagi 93 metrli kvartiraning narxi 1 000 000 dollarni tashkil qilgan[49]. 2015-yil iyul oyida koʻp qavatli uydagi toʻrt xonali penthaus 6 440 000 dollarga sotilgan[50].
Jamoat transporti
tahrirUshbu koʻchada New York shahrining quyidagi metro stansiyalari joylashgan[9]:
- 23-koʻcha (Broadway yoʻnalishi, BMT) — Beshinchi avenyu va Broadwey bilan kesishgan joyda;
- 23-koʻcha (Sakkizinchi avenyu yoʻnalishi) — Sakkizinchi avenyu bilan kesishgan joyda;
- 23-koʻcha (Oltinchi avenyu yoʻnalishi) — Oltinchi avenyu bilan kesishgan joyda;
- 23-koʻcha (Broadwey va yettinchi avenyu yoʻnalishi) — Yettinchi avenyu bilan kesishgan joyda;
- 23-koʻcha (Lexington Avenyu yoʻnalishi) — Park Avenyu bilan kesishgan joyda.
Oltinchi avenyu bilan kesishgan joyda Manhattan, Jersey City va Hobokenni bogʻlaydigan PATH yoʻnalishlari bekati joylashgan[51]. M23[52] avtobus yoʻnalishi koʻcha boʻylab harakatlanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Morris G., De Witt S., Rutherford J. „Remarks Of The Commissioners For Laying Out Streets And Roads In The City Of New York, Under The Act Of April 3, 1807“ (en). Cornell University Library. 2016-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-aprel.
- ↑ White N., Willensky E., Leadon F. „Kips Bay“, . AIA Guide to New York City, 5, Oxford University Press, 2010 — 255-bet. ISBN 0199758646.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 3,7 3,8 Burrows, Wallace 2000.
- ↑ 4,0 4,1 Diamonstein-Spielvogel 2011.
- ↑ „More Elevated Facilities.; The Second-Avenue Line And City Hall Branch Opened“ (en). The New York Times (1880-yil 2-mart). 2017-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-aprel.
- ↑ „Rapid Transit On The Bowery.; Opening Of The East Side Elevated Railroad To-Day Time-Table And Fares“ (en). The New York Times (1880-yil 2-mart). 2017-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-aprel.
- ↑ „Remnants Of The Ninth Avenue El“ (en). Forgotten NY. 2017-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-aprel.
- ↑ Katz R. „Last Train Rumbles On Third Ave. 'El'“ (en). The New York Times (1955-yil 13-may). 2017-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-aprel.
- ↑ 9,0 9,1 „New York City Subway“ (en). MTA. 2017-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-aprel.
- ↑ Baxter R. J., Adams A. G.. Railroad Ferries of the Hudson: And Stories of a Deckhand, Fordham University Press Series. Fordham Univ Press, 1999 — 91-bet. ISBN 0823219542.
- ↑ „Pavonia Ferry Service“. The New York Times (1903-yil 20-yanvar). 2017-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-aprel.
- ↑ Adams A. G.. The Hudson Through the Years. Fordham Univ Press, 1996 — 307-bet. ISBN 0823216772.
- ↑ „Our City Charities.; The New-York House of Refuge for Juvenile Delinquents“ (en). The New York Times (1860-yil 23-yanvar). 2017-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-mart.
- ↑ Gray C. „Streetscapes: London Terrace; Time Erodes Unity of a 1,665-Unit City Within a Cit“ (en). The New York Times (1988-yil 30-oktyabr). 2017-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-aprel.
- ↑ 15,0 15,1 15,2 15,3 The Encyclopedia of New York City 2010.
- ↑ „The City College of New York: The North Campus“ (en). CUNY. 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-mart.
- ↑ 17,0 17,1 Alexiou 2010.
- ↑ Sprague S.. Lure of the city: New York's great hotels in the golden age, 1873-1907, Conspectus of history. 1977: Ball State University — 74-bet.
- ↑ Zachary K.. Chester Alan Arthur: The American Presidents Series: The 21st President, 1881-1885, The American Presidents. Macmillan, 2004 — 35-bet. ISBN 9781466834620.
- ↑ Pollak M. „They Hear Dead People“ (en). The New York Times (2004-yil 12-dekabr). 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-aprel.
- ↑ Moudry R.. The American Skyscraper: Cultural Histories. Cambridge University Press, 2005 — 124-bet. ISBN 0521624215.
- ↑ Bedoire F., Tanner R.. The Jewish Contribution to Modern Architecture, 1830-1930. KTAV Publishing House, Inc., 2004 — 423-bet. ISBN 0881258083.
- ↑ „Booth's Theater Sold“ (en). The New York Times (1881-yil 23-dekabr). 2017-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-aprel.
- ↑ O'Donnell M. „Oct. 17, 1966, When 12 Firemen Died“ (en). The New York Times (2006-yil 17-oktyabr). 2016-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-aprel.
- ↑ Mele C., Baker A., Barbaro M. „Powerful Blast Injures at Least 29 in Manhattan; Second Device Found“ (en). The New York Times (2016-yil 17-sentyabr). 2016-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-aprel.
- ↑ Workman K., Rosenberg E., Mele C. „Chelsea Bombing: What We Know and Don’t Know“ (en). The New York Times (2016-yil 18-sentyabr). 2016-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-aprel.
- ↑ Andrew S. Dolkart. „The Architecture and Development of New York City“ (en). The Architecture and Development of New York City. 2016-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-noyabr.
- ↑ „Chelsea, 23-24th Street Art Galleries“ (en). newartcity.com. 2017-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
- ↑ Geberer R. „When 23rd Street Was Broadway“ (en). New York Press (2016-yil 2-mart). 2017-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-aprel.
- ↑ Young G., Meyers T.. The Bowery Boys: Adventures in Old New York: An Unconventional Exploration of Manhattan's Historic Neighborhoods, Secret Spots and Colorful Characters. Ulysses Press, 2016 — 230-bet. ISBN 9781612435763.
- ↑ Levitt E.. Walking Manhattan: 30 Strolls Exploring Cultural Treasures, Entertainment Centers, and Historical Sites in the Heart of New York City. Wilderness Press, 2015 — 115-bet. ISBN 9780899977638.
- ↑ Dunlap D. W. „A French Church Nears Its End, but Not Without a Contretemps“ (en). The New York Times (2012-yil 5-aprel). 2018-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
- ↑ Dunlap D. W.. From Abyssinian to Zion: A Guide to Manhattan's Houses of Worship. Columbia University Press, 2012 — 64-bet. ISBN 9780231500722.
- ↑ „Chelsea Waterside Park“ (en). New York City Department of Parks & Recreation. 2017-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
- ↑ „Chelsea Waterside Park“ (en). nycgo.com. 2017-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
- ↑ Gray C. „Streetscapes/Metropolitan Life at 1 Madison Avenue;For a Brief Moment, the Tallest Building in the World“ (en). The New York Times (1996-yil 26-may). 2017-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
- ↑ Carmiel O., Lee E. „Murdoch Buys 4 Floors of NYC Condo Tower for $57 Million“ (en). Bloomberg (2014-yil 14-fevral). 2017-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
- ↑ „Manhattan Campus of the VA NY Harbor Healthcare System“ (en). U.S. Department of Veterans Affairs. 2017-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
- ↑ Dolkart A. „Public Baths“, . Guide to New York City Landmarks. N. Y.: John Wiley & Sons, 2008 — 88-bet. ISBN 0470289635.
- ↑ „Asset Detail: Public Baths“ (en). nps.gov. 2017-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
- ↑ Lynn R., Morrone F.. Guide to New York City Urban Landscapes. W. W. Norton & Company, 2013 — 65-67-bet. ISBN 9780393733570.
- ↑ Schneider D. B. „F.Y.I.“ (en). The New York Times (2001-yil 20-may). 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
- ↑ „The Top Shopping Streets & Neighborhoods“ (en). Frommer's. 2017-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-aprel.
- ↑ Not For Tourists Guide to New York City 2014, Not For Tourists. Skyhorse Publishing, Inc., 2013 — 65-bet. ISBN 9781628735840.
- ↑ Musto M. „23rd Street Has Become Thrift Shop Row“ (en). The Village Voice. 2016-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-aprel.
- ↑ Gershman S.. Suzy Gershman's Born to Shop New York: The Ultimate Guide for Travelers Who Love to Shop, 11, Born To Shop, John Wiley & Sons — 111, 264-bet. ISBN 9780470056790.
- ↑ Shockey L. „Our 10 Best Things to Eat on 23rd Street“ (en). The Village Voice (2011-yil 11-noyabr). 2017-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-aprel.
- ↑ Radomsky R. R. „Recent Commercial Real Estate Transactions“ (en). The New York Times (2017-yil 14-mart). 2017-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-aprel.
- ↑ Walker A. „Gramercy open houses to check out this weekend“ (en). Curbed NY (2017-yil 24-mart). 2017-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-aprel.
- ↑ Kussin Z. „The luxury real estate boom taking over Midtown South“ (en). New York Post (2015-yil 15-iyul). 2017-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-aprel.
- ↑ „23rd Street Station“ (en). PANYNJ. 2019-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-aprel.
- ↑ „M23 Select Bus Service“ (en). MTA. 2020-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-aprel.
Adabiyotlar
tahrir- Alexiou A. S.. The Flatiron: The New York Landmark and the Incomparable City That Arose with It. ISBN 1429923873.
- Burrows E. G., Wallace M.. Gotham:A History of New York City to 1898, New York. ISBN 978-0-19-514049-1.
- Diamonstein-Spielvogel B.. The Landmarks of New York, Fifth Edition: An Illustrated Record of the City's Historic Buildings, Excelsior Editions. SUNY Press, 2011. ISBN 1438437714.
- The Encyclopedia of New York City, 2, Yale University Press, 2010. ISBN 0300182570.