6-G7 sammiti
6-G7 sammiti 1980-yil 22—23-iyun kunlari Italiyaning Venetsiya shahrida boʻlib oʻtdi. Sammit uchrashuvlari Venetsiya lagunasidagi San Giorgio Maggiore orolida oʻtkazildi[1].
6-G7 sammiti | |
---|---|
Venetsiyadagi San Giorgio Maggiore oroli | |
Mezbon davlat | Italiya |
Sana | 1980-yil 22—23-iyun |
Ishtirokchilar |
Kanada Fransiya Germaniya Federativ Respublikasi Italiya Yaponiya Birlashgan Qirollik AQSh Yevropa Ittifoqi |
Keyingi | 7-G7 sammiti |
Avvalgi | 5-G7 sammiti |
Katta yettilik sanoati rivojlangan eng boy mamlakatlar: Fransiya, Gʻarbiy Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Qoʻshma Shtatlar, Kanada (1976-yildan beri[2]), Yevropa Komissiyasi (rasman 1981-yildan beri[3]) rahbarlarining norasmiy forumidir[2].
Sammitda ishtirok etgan rahbarlar
tahrirG7 Kanada, Yevropa Komissiyasi, Fransiya, Gʻarbiy Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQSh rahbarlari uchun norasmiy yillik forumdir[3]. Yaponiya Bosh vaziri Masayoshi Ōhira sammitga bir necha kun qolganda, 12-iyun kuni yurak xurujidan vafot etdi. Shu sababli uning oʻrniga Yaponiya tashqi ishlar vaziri Saburō Ōkita Yaponiya nomidan ishtirok etgan moliya vaziri Noboru Takeshita va Xalqaro savdo va sanoat vaziri Yoshitake Sasakidan iborat delegatsiyaga boshchilik qildi[4].
6-G7 sammiti Fransiya prezidenti Valéry Giscard d'Estaing va AQSh prezidenti Jimmy Carter uchun soʻnggi sammit boʻldi. Italiya Bosh vaziri Francesco Cossiga uchun esa birinchi va yagona sammit oʻlaroq tarixda qoldi.
Ishtirokchilar
tahrirYaponiya Bosh vaziri Masayoshi Ōhira bir necha kun oldin yurak xurujidan vafot etganligi sababli bosh vazir sifatida hech kim kela olmagan.
G7 sammiti ishtirokchilari Mezbon davlat va yetakchisi qalin matn bilan koʻrsatilgan. | |||
Aʼzolar | Vakillar | Lavozimi | |
---|---|---|---|
Kanada | Pierre Trudeau | Bosh vazir | |
Fransiya | Valéry Giscard d'Estaing | Prezident | |
Gʻarbiy Germaniya | Helmut Schmidt | Kansler | |
Italiya | Francesco Cossiga | Bosh vazir | |
Yaponiya | Saburō Ōkita | Tashqi ishlar vaziri | |
Birlashgan Qirollik | Margaret Thatcher | Bosh vazir | |
Qoʻshma Shtatlar | Jimmy Carter | Prezident | |
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati | Roy Jenkins | Komissiya prezidenti | |
Francesco Cossiga | Kengash raisi |
Galereya
tahrirYana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Japan, Ministry of Foreign Affairs (MOFA): Summit Meetings in the Past.
- ↑ 2,0 2,1 Saunders, Doug. "Weight of the world too heavy for G8 shoulders," (Wayback Machine saytida 2008-10-11 sanasida arxivlangan) Globe and Mail (Toronto). July 5, 2008 -- n.b., the G7 becomes the Group of Eight (G7) with the inclusion of Russia starting in 1997.
- ↑ 3,0 3,1 Reuters: "Factbox: The Group of Eight: what is it?" (Wayback Machine saytida 2009-03-05 sanasida arxivlangan), July 3, 2008.
- ↑ Stokes, Henry Scott. "Japan's Prime Minister Ohira Dies At 70 as a Critical Election Nears; Japan's Prime Minister Dies at 70 After Heart Attack Plans for Venice Meeting," New York Times. June 12, 1980.